Yangi 2025 yil arafasida Jizzax viloyatida birinchi raqamli podstansiya foydalanishga topshirildi. Endi viloyatning Forish, Zafarobod, Sharof Rashidov, Paxtakor, Do‘stlik, Mirzacho‘l tumanlari hamda Jizzax shahrining bir qismida elektr ta’minoti yanada yaxshilanadigan bo‘ldi.

Prezidentimizning 2022 yil 28 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2023 - 2025 yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasida 220 kVli havo liniyasi hamda 220 kVli “Zafarobod” raqamli podstansiyasini qurish loyihasini amalga oshirish belgilangan edi. Ayni paytda quvvati 500 megavattli ushbu investitsion loyiha qurilishi yakuniga yetkazildi.  

“Zafarobod” raqamli podstansiyasini qurish loyihasi Forish tumanining  “Egizbuloq” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida amalga oshirildi. Mazkur podstansiya O‘zbekistonda birinchi raqamlashtirilgan tizimda ish olib borishini alohida ta’kidlab o‘tish lozim. Bu  viloyat iqtisodiyoti uchun muhim sanalgan elektr energiya yetkazib beruvchi asosiy ob’ektlardan biri hisoblanadi.  

Ushbu investitsion loyihani moliyalashtirish Osiyo taraqqiyot banki kredit mablag‘lari hisobidan amalga oshirildi. Pudratchi sifatida tenderda xorijiy mamlakatlarning 20 dan ortiq kompaniyasi qiziqish bildirgan bo‘lib, ularning orasidan xitoylik muhandis-mutaxassislar loyihani qo‘lga kiritgan edi. Mana, qariyb ikki yil mobaynida ushbu raqamli podstansiya bunyod etildi.  

– Podstansiyaning qurilish loyihasi uchun 60 million AQSH dollari miqdorida mablag‘ o‘zlashtirilib, ayni paytda shanxaylik muhandislar bilan podstansiya uskunalari va asosiy boshqaruv serverlarini mahalliy ishchilarga o‘rgatish jarayonlari ketmoqda, –deydi “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax magistral elektr tarmoqlari rahbari G‘ayrat Ahmedov.  

“Zafarobod” raqamli podstansiyasini qurishda bosh pudratchi sifatida Xitoyning “Shanghai Elyectric Group”, liniya tortishda esa “Syncro” kompaniyalari jalb qilindi. Kelishuvga muvofiq Xitoydan kelgan muhandislar 2024 yilning dekabr oyida loyihani ishga tushirishi va elektr energiyasini uzatish bo‘yicha aholi hamda shu hududlardagi yirik korxonalar uchun ishonchli energiya kafolatini ta’minlashi rejalashtirilgan edi. Ana  shu kelishuvga asosan Jizzaxdagi yirik sanoat korxonalariga uzluksiz katta kuchlanishdagi elektr energiyasini yetkazish vazifasi yuklatilgandi.  

– Raqamli podstansiya to‘liq quvvat bilan ishlashga tayyor, – deydi xitoylik muhandis Dong In Liang. – Ushbu loyiha mamlakatingizda energetika sohasida muhim bo‘g‘inga aylanadi. Chunki bu juda katta elektr quvvatini taqdim etadi. O‘zbekistonda Yangi yil bayrami arafasida muvaffaqiyatli va o‘z vaqtida qurilgan birinchi raqamli podstansiyaning ishga tushirilishi va Yangi yil bayrami bilan barcha jizzaxliklarni, butun O‘zbekiston ahlini samimiy tabriklayman.  

Qurilish loyihasiga ko‘ra, mazkur podstansiyaga 280 kilometr uzunlikdagi 220 kVli havo liniyasi Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasidan tortiladi. Buning uchun mazkur liniya Sirdaryo viloyatining Shirin va Yangiyer shaharlari, Xovos tumanidan o‘tib, Jizzax viloyatining Zomin, Paxtakor, Sharof Rashidov, Zarbdor va Forish tumanlari hududlarini bog‘laydi.  

A.Qayumov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzaxda podstansiya ishga tushdi