Jizzax shahrida umumta’lim maktablari 10 va 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Mening Prezidentim” mavzusida insholar tanlovining Jizzax viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tanlov Xalq ta’limi vazirligi hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi ijroiya qo‘mitasi bilan hamkorlikda tashkil etildi. 

Tanlovning ochilish marosimida mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimining sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tub islohotlar samarasida maktab o‘quvchilari turli fanlar bo‘yicha o‘z bilimlarini respublika va xalqaro tanlovlarda namoyon etishlari uchun keng imkoniyatlar yaratilayotgani alohida ta’kidlandi.

O‘quvchilarimizda keyingi yillarda mamlakatimizda ta’lim tizimiga kirib kelgan yangi g‘oyalarni teran idrok etish va ular to‘g‘risida mulohaza yuritish ko‘nikmalarini, Vatanimiz taqdiri, ertangi kuni va istiqboliga daxldorlik tuyg‘usini rivojlantirish, ularda ijodiy, tanqidiy, nostandart fikrlash, notiqlik, moslashuvchanlik, o‘z fikrini ijodkorona yetkazib bera olish qobiliyatlari tobora shakllanib borayotganini alohida ta’kidlab o‘tish joiz. 

– Tanlovning quyi – maktablar va shahar, tumanlar bosqichida 27 mingdan ortiq o‘quvchilar ishtirok etib unda kasaba uyushmalari vakillari ham qatnashdi, – deydi Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashining Jizzax viloyati bo‘yicha ma’sul tashkilotchisi Baxrullo Qodirov. – Maktab bosqichida o‘quvchilarimiz “Yangi O‘zbekiston – mening nigohimda” mavzusida esse, shahar va tuman bosqichida “Yangi O‘zbekiston – yangi imkoniyatlar” mavzusida insho yozishdi. 

bugungi insholar tanlovining viloyat bosqichida ishtirokchilar yozma ishdan tashqari “Mening Prezidentim” mavzusida taqdimot tayyorlab, uni 15 daqiqa davomida hakamlar hay’ati e’tiboriga havola qildi.

Mazkur tanlovning Jizzax viloyati bosqichida G‘allaorol tumani 53- umumta’lim maktabi o‘quvchisi Dinara Akromova birinchi, Zafarobod tumani 10-maktabdan Charos Navro‘zova ikkinchi hamda Forish tumani 3-maktab o‘quchisi Elgiza Rahmatullayeva 3- o‘rinni egallab tanlovning respublika final bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Ular final bosqichida viloyat sharafini himoya qiladi.

“Mening Prezidentim” mavzusida o‘tgan tanlov g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilarning diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. 

A.QAYUMOV, J.YORBEKOV (surat) O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzaxda “Mening Prezidentim” tanlovi g‘oliblari aniqlandi