Jizzaxda korrupsiyaga qarşi kuraşiş masalalariga bağişlangan öquv-trening ötkazildi
Jizzax şahrida “Korrupsiyaga qarşi nazorat, jamoatçilik bilan hamkorlik va şaffoflikni taʼminlaş” mavzusida ikki kunlik öquv-trening taşkil etildi. Unda Jizzax viloyati korrupsiyaga qarşi kuraşiş hududiy kengaşi aʼzolari, davlat organlari, nodavlat notijorat taşkilotlari va ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi.
Öquv-trening Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarşi kuraşiş qömitasi taşabbusi asosida Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi hamda BMT Taraqqiyot dasturining Yevropa Ittifoqi moliyaviy kömagida amalga oşirilayotgan “Özbekistonda korrupsiyaga qarşi milliy ekotizimni mustahkamlaş” qöşma loyihasi doirasida ötkazildi.
Tadbir davomida hududiy kengaşlarning vakolatlari, korrupsiyaga qarşi kuraşiş sohasidagi qonunçilik yangiliklari, jamoatçilik nazoratini kuçaytiriş va davlat organlari faoliyatida oçiqlikni taʼminlaş masalalari muhokama qilindi.
— Bugungi kunda hududiy kengaşlarning joylardagi nufuzi va masʼuliyatini oşiriş muhim vazifalardan biri hisoblanadi, - deydi Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi huzuridagi Jamoatçilik kengaşi aʼzosi Tölqin Tursunov. — Maşğulotlarda qonunçilikdagi yangiliklar va ularni amaliyotda qöllaş mexanizmlari yuzasidan tuşunçalar berildi. Şuningdek, hududiy kengaş aʼzolarining mavjud muammolar va ularning yeçimiga doir takliflari tinglandi. Bildirilgan fikr-mulohazalar umumlaştirilib, kelgusida sohaga oid qonunçilikni takomillaştirişda inobatga olinadi.
Ikki kunlik maşğulotlarda iştirokçilar mahalliy darajadagi masalalarni hal etiş, korrupsiyaviy xavflarni aniqlaş va ularning oldini oliş böyiça amaliy könikmalarini mustahkamladi.
Xususan, guruh maşğulotlarida davlat xaridlari, tender jarayonlari, yer ajratiş va manfaatlar töqnaşuvi bilan boğliq holatlar tahlil qilinib, korrupsiyaviy xavflarni kamaytiriş yuzasidan takliflar işlab çiqildi. Şuningdek, ommaviy axborot vositalari bilan samarali hamkorlik qiliş, axborotlarning işonçliligini tekşiriş va jamoatçilik nazorati mexanizmlaridan foydalaniş masalalariga eʼtibor qaratildi.
— Öquv-trening davomida qonunçilikdagi yangiliklar bilan tanişib, amaliy maşğulotlarda iştirok etdik, - deydi “Istiqlol avlod” nodavlat notijorat taşkiloti rahbari Tohir Umarov. — Ayniqsa, korrupsiyaviy xavflar bilan boğliq hayotiy vaziyatlarni tahlil qiliş, davlat idoralari, nodavlat taşkilotlar va ommaviy axborot vositalari örtasidagi hamkorlikni kuçaytiriş yuzasidan fikr almaşiş foydali böldi. Bu tajriba kelgusida jamoatçilik nazorati samaradorligini oşirişga xizmat qiladi.
[gallery-32472]
Tadbir yakunida iştirokçilarning özlaştirgan bilimlari test sinovlari orqali baholandi hamda ularga amaliy qöllanmalar taqdim etildi.
Mazkur öquv-trening hududiy kengaş aʼzolarining kasbiy salohiyatini oşiriş, korrupsiyaviy xavflarning oldini oliş va jamoatçilik bilan hamkorlikni yanada mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Jamşid YORBEKOV (surat), ÖzA