Jizzaxda kiberjinoyatlar 11 milliard sömdan ortiq zarar keltirdi
Jizzax viloyatida 112 ta davlat idorasi rahbari xodimlarning kibersavodxonligi uçun şaxsan masʼul etib belgilandi. Viloyatda yil boşidan buyon kiberjinoyatlar oqibatida fuqarolarga 11 milliard 384 million söm moddiy zarar yetkazilgan. Bu haqda viloyat hokimi Uluğbek Mustafoyev rahbarligida ötgan tanqidiy yiğilişda maʼlum qilindi.
Internet firibgarligi fuqarolarning mablaği va şaxsiy maʼlumotlariga tahdid solmoqda. Jizzaxdagi murojaatlar va yetkazilgan zarar miqdori profilaktika işlarini kuçaytiriş zarurligini körsatmoqda. Ayniqsa, davlat taşkilotlaridagi masʼuliyatsizlik va aholi xabardorligining pastligi jiddiy taşviş uyğotadi.
Jizzax viloyati hokimi Uluğbek Mustafoyev rahbarligida ötkazilgan yiğilişda kiberjinoyatlarga qarşi kuraşiş masalasi körib çiqildi. Unda masʼul idoralar faoliyatidagi kamçiliklar tanqidiy tahlil qilindi.
Viloyat hokimining 2026-yil 31-yanvardagi qarori bilan 112 ta idoraga tegişli masʼuliyat yuklagan.
Ularning vazifasi xodimlarning kibersavodxonligini oşiriş va internet firibgarligidan himoyalaşdan iborat. Biroq ayrim rahbarlar qaror ijrosiga yetarliça eʼtibor qaratmayapti. Tarğibot işlari ham tizimli yölga qöyilmagan.

Bu beparvolikning oqibati statistik körsatkiçlarda ham namoyon bölmoqda. Viloyat hokimligi axborot xizmati maʼlumotlariga köra, joriy yilning ön oyida kiberjinoyatlar böyiça 2 ming 411 ta murojaat kelib tuşgan bölib, fuqarolarga 11 milliard 384 million söm moddiy zarar yetkazilgan.
Murojaatlarning eng köpi Jizzax şahri hissasiga töğri keladi. Bu yerda 606 ta holat qayd etilgan. Şarof Raşidov tumanida 482 ta murojaat kelib tuşgan. Zominda 230, Baxmalda 187 va Ğallaorolda 183 ta holat kuzatilgan.
Viloyat hokimi tibbiyot va taʼlim tizimidagi kamçiliklarni tanqid qilib, masʼullarni keng qamrovli profilaktika işlariga jalb etiş böyiça körsatma berdi. “Mahalla yettiligi” orqali aholi örtasida tuşuntiriş işlarini kuçaytiriş vazifasi ham belgilandi.

Muammoning yana bir taşvişli jihati jabrlanuvçilar tarkibi bilan boğliq. Ön oy davomida 924 nafar xotin-qiz kiberjinoyatlardan jabr körgan. Ularning 427 nafari uy bekalaridir. Bu holat aholiga, ayniqsa, xotin-qizlarga manzilli tuşuntiriş zarurligini körsatadi.
Yiğilişda davlat taşkilotlari va bank tizimi xodimlari iştirokidagi jinoyatlar ham muhokama qilindi. Şarof Raşidov tumanidagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimi nafaqaxörning 1 million 950 ming söm mablağini özlaştirganlikda gumon qilinmoqda.
Jizzax şahrida bank xodimi fuqaro nomiga ruxsatsiz 17 million sömlik kredit rasmiylaştirib, şaxsiy ehtiyojlari uçun sarflagani aniqlangan. Hozirda uşbu holatlar yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Viloyat hokimi bunday holatlar taşkilotlarda içki nazoratni kuçaytiriş zarurligini körsatişini taʼkidladi. Masʼul xodimlar nafaqat tarğibot, balki xizmat intizomi uçun ham javob berişi lozim.
Muhokamada kiberxavfsizlikka xizmat qiluvçi dasturiy vositalar imkoniyatlaridan foydalaniş masalasi ham kötarildi. “APK Qöriqçi”, “Jizzaxkibermaslahatbot”, “Xumogram”, “JAK” va “Jizzaxkibertest” ilovalarini aholiga keng taniştiriş zarurligi qayd etildi.
Yiğiliş yakunida 112 ta idora va taşkilot rahbarlariga aniq vazifalar yuklatildi. Masʼul xodimlar beş kun muddatda kiberxavfsizlik böyiça öqitilişi belgilandi. Quyi tizimlarda “Kiberxavfsizlik soati” tadbirlari taşkil etiladi. Öquvlar yakunida xodimlar maxsus test sinovlaridan ötkaziladi.

Viloyat hokimi taşkilot rahbarlarini xodimlarning kibersavodxonligi uçun şaxsan masʼul etib belgiladi. “Mahalla yettiligi”ga aholi örtasida profilaktik işlarni kuçaytiriş topşirildi. Amalga oşirilgan işlar böyiça har ön kunda axborot kiritiş vazifasi yuklatildi.
Eng muhimi, kiberjinoyatlarga qarşi kuraş faqat tuşuntiriş bilan çeklanmasligi kerak. Har bir taşkilotda amaliy nazorat va şaxsiy masʼuliyat taʼminlanişi şart. Aks holda, raqamli xavfsizlik borasidagi vazifalar qoğozda qolib ketadi.
Abdujalol Qayumov, ÖzA muxbiri