Viloyat yoshlar markazida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Jizzax ijtimoiy-iqtisodiy universitetini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori loyihasining taqdimoti o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi farmoni asosida mamlakatimizda ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlarini takomillashtirish, zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan, yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida o‘quv jarayoniga xalqaro standartlarni jalb qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Universitet ma’muriyatining o‘zbekistonlik va rossiyalik rahbarlari, viloyat hokimligi, jamoatchilik, yoshlar vakillari ishtirok etgan taqdimotda Jizzax iqtisodiyot universiteti aynan shu maqsadda tashkil etilayotgani ta’kidlandi. Ushbu oliy ta’lim muassasasi mamlakatimiz iqtisodiyoti real sektorlari tarmoqlari ehtiyojlarini hisobga olgan holda talab yuqori bo‘lgan jumladan, iqtisod, qishloq xo‘jaligida menejment, maktabgacha ta’lim, buxgalteriya hisoboti va audit, turizm, mehmonxonalarni boshqarish va tashkil etish kabi yo‘nalishlarda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydi.

Professor-o‘qituvchilar tarkibini kamida 25 foizi xorijiy universitetlardan taklif qilinishi mo‘ljallanayotir.

Har yilgi qabul parametrlarining 10 foizdan kam bo‘lmagan qismi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlari uchun ajratiladi. Ular orasidan tanlab olinib, tanlanganlar grant asosida o‘qitiladi.

Ta’lim muassasasini bakalavriat va magistratura bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasida tan olinadigan diplom beriladi.

Taqdimotda universitet 2021-2022 o‘quv yilidan psixologiya, boshlang‘ich ta’lim va jismoniy tarbiyaviy ishlar, maktabgacha ta’lim, iqtisod, qishloq xo‘jaligida menejment, buxgalteriya hisoboti va audit, turizm, mehmonxonalarni boshqarish va tashkil etish yo‘nalishlari bo‘yicha faoliyatini boshlashi ma’lum qilindi.

Universitet sobiq Jizzax aviatsiya bilim yurti binosiga joylashtirilishi mo‘ljallangan. Bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish, ta’mirlash, mebel, o‘quv va ilmiy asbob-uskunalar, shuningdek axborot kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan jihozlash uchun to‘rt yil davomida 3 million AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritish belgilangan.

 T.Beknazarov, B.Qudratov (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzaxda ijtimoiy-iqtisodiy universitet tashkil etiladi