Jizzaxda 522 ta referendum uchastkasi tuzildi
Jizzax shahridagi O‘zbekiston Respublikasi Referendumini o‘tkazuvchi 4-Jizzax okrug komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Majlisda, 4-Jizzax okrug komissiyasi raisi, rais o‘rinbosari, kotibi va a’zolari hamda ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtirok etdi. Unda referendum uchastkalarini tuzish masalasi ko‘rib chiqildi.

“O‘zbekiston Respublikasi Referendumi to‘g‘risida” gi Qonunning 20-moddasiga asosan okrug komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Referendumini o‘tkazish bo‘yicha referendum uchastkalarini shaharlar va tumanlar hokimlari taqdimnomalaridan kelib chiqqan holda tuzadi.

Majlisda Jizzax shahar va 12 ta tuman hokimlarining tashkiliy-kadrlar guruhlari rahbarlari o‘z saylov uchastkalari to‘g‘risida taqdimot o‘tkazdi.
Tadbir yakunida Jizzax shahri va 12 ta tuman hududlari bo‘yicha 522 ta referendum uchastkalarini tuzish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.
A.QAYUMOV, J.YORBEKOV (surat), O‘zA