Jizzaxda 450 million sömlik oltinning noqonuniy savdosi töxtatildi
Jizzax viloyatida qimmatbaho metallarning noqonuniy savdosiga çek qöyildi. Tezkor tadbirda 471 gramm yarim tayyor quyma oltin aşyoviy dalil sifatida olindi.
Jizzax viloyat bojxona boşqarmasi kontrabandaga qarşi kuraşiş bölimi xodimlari maxsus tadbir ötkazdi. Unda Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya va Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti vakillari ham iştirok etdi.
Bu haqda Jizzax viloyat bojxona boşqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.


Tadbir davomida ikki nafar fuqaro qölga olindi. Ular 471 gramm oğirlikdagi yarim tayyor quyma oltinni 450 million sömga sotmoqçi bölgan.


Qimmatbaho metall belgilangan tartibda aşyoviy dalil sifatida rasmiylaştirildi. Hozir holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.
Abdujalol Qayumov,
ÖzA muxbiri