19-dekabr kuni Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiyani Xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi Parda Shukurov olib bordi.

Kun tartibiga muvofiq tashkiliy masala koʻrildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlariga asosan Ergash Alibekovich Saliyev boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan Jizzax viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi lavozimida ishlab kelgan Ulugʻbek Mavlonovich Mustafoyev Jizzax viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Ulugʻbek Mustafoyev 1968-yil 14-avgustda Jizzax viloyatida tugʻilgan.

U.Mustafoyev Toshkent xalq xoʻjaligi institutini bitirgan. “Sanoatqurilishbank”ning Jizzax viloyat filialida kichik, keyinchalik katta mutaxassis boʻlgan. Keyingi yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining operatsion boshqaruvi katta iqtisodchisi va pul muomalasi boʻlimi boshligʻi lavozimlarida ishlagan.

U 2016-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining birinchi oʻrinbosari, 2016-yilda Jizzax viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari, 2017-yilda “Oʻzbekenergo” AJ boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlangan.

2019-yildan buyon Ulugʻbek Mustafoyev “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Sessiyada Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirok etdi.

A.Qayumov,

OʻzA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzax viloyatiga yangi hokim tayinlandi