O‘zbekistonda 2024 yil 5 avgustda qabul qilingan “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonun mamlakatda ko‘chmas mulk sohasini huquqiy tartibga solishda muhim qadam bo‘ldi.

Ushbu qonun asosida Kadastr agentligi 2024–2025 yillar uchun maxsus xatlov reja-jadvalini ishlab chiqdi. Hozirda yurtimiz bo‘ylab, jumladan, Jizzax viloyatida ham xatlov ishlari tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning 1 avgust holatiga qadar viloyatda 28 ming 828 ta ko‘chmas mulk ob’ekti xatlovdan o‘tkazildi. Ulardan 24 ming 71 tasi UZKAD axborot tizimiga kiritilgan, 15 ming 449 ta ob’ekt “E’tirof” dasturi orqali rasmiylashtirilgan, 13 ming 327 tasi muhokama jarayonida.

– Mazkur qonun fuqarolarga mulk huquqini rasmiylashtirishda yengillik yaratib, turli idoralarda sarson bo‘lish holatlarini bartaraf etmoqda, – deydi Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i Sanjar Qodirqulov.

– Xatlov paytida yer uchastkalari va uy-joylar huquqiy jihatdan o‘rganilib, zarur hujjatlar rasmiylashtiriladi. Bu fuqarolarga mulklarini bemalol sotish, meros qoldirish yoki garovga qo‘yish imkonini beradi. Barcha ma’lumotlar avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritiladi va kerakli tashkilotlar bilan elektron tarzda muvofiqlashtiriladi.

Joriy yil oxirigacha  101 ta mahallada xatlov ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan. Hozirda 114 ta mahallaning chegaralari UZKAD tizimida shakllantirilib, 3 913 ta inventarizatsiya hududi yaratildi.

Qonunning hayotga ta’siri faqat raqamlarda emas, balki fuqarolar quvonchida ham namoyon bo‘lmoqda. Zarbdor tumani Adirobod mahallasida istiqomat qiluvchi Dilnoza Andarova bu haqda shunday deydi: – Ilgari uyimni rasmiylashtirish mushkul edi. Hujjatlarim to‘liq emasdi. Endilikda esa “E’tirof” dasturi orqali xabar keldi va uyimiz rasman qonuniylashdi. Bu men uchun katta yordam bo‘ldi.

Mahalla raisi Sanobar Keldibekovaning ta’kidlashicha, xatlov jarayoni fuqarolar o‘rtasidagi yer bilan bog‘liq nizolarni bartaraf etib, mulkning bozor qiymatini oshirmoqda.

Shu bilan birga,  bu ishlarga ayrim xonadonlarda mulk egalari uyda bo‘lmasligi yoki kadastr xodimlarini kiritmaslik kabi holatlar uchrayotgani to‘siq bo‘lmoqda. Bu esa belgilangan reja kechikishlarga sabab bo‘lmoqda. Shuning uchun fuqarolardan hamkorlik so‘ralmoqda.

Har bir shaxs www.kadastr.uz sayti orqali o‘z mahallasida xatlov qachon o‘tkazilishini bilib olishi mumkin. Agar mahalla ro‘yxatda bo‘lmasa, demak u keyingi bosqichda o‘tkaziladi.

A.Qayumov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzax viloyatida xatlov ishlari tizimli ravishda amalga oshirilmoqda