Jizzax viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
Jizzax viloyatida mahallalar infratuzilmasini yaxşilaş, yaşil hududlarni kengaytiriş va yoşlar bandligini taʼminlaş işlari izçil davom etmoqda. Şuningdek, favqulodda vaziyatlar xizmati xodimlarining kasbiy va ruhiy tayyorgarligini oşirişga qaratilgan tadbirlar ötkazilmoqda.
Ğallaorol tumanida mahalla infratuzilmasini rivojlantiriş va aholiga qulaylik yaratiş işlari davom etmoqda. Madaniyat mahallasida yangi zamonaviy mahalla binosi foydalanişga topşirildi.

Oçiliş marosimida tuman hokimi, Respublika işçi guruhi aʼzosi, nuroniylar va mahalla faollari qatnaşdi.

Mehmonlar binoda yaratilgan şaroitlar bilan tanişdi. Zamonaviy iş xonalari va fuqarolarni qabul qiliş imkoniyatlari közdan keçirildi. Yangi bino mahalla xodimlari faoliyati samaradorligini oşirişga xizmat qiladi. Şuningdek, aholi murojaatlarini joyida örganiş va hal etiş imkoniyatlari kengayadi.
***
Zafarobod tumanida “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida kuzgi köçat ekiş işlari davom etmoqda. Hududlarni kökalamzorlaştiriş va ekologik muhitni yaxşilaşga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Tuman elektr tarmoqlari korxonasi va gaz taʼminoti bölimi xodimlari ham jarayonda faol qatnaşmoqda. Ular yöl çetlari va belgilangan maydonlarga manzarali daraxt köçatlarini ekmoqda.
Ekiş işlarida yaşil maydonlarni kengaytiriş ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Yöl böylariga yanada obod va körkam qiyofa beriş közlangan.

Ekilgan köçatlarni suğoriş va parvarişlaş uçun masʼullar biriktirilib, zarur agrotexnik tadbirlar amalga oşirilmoqda. Yaşil hududlarni asrab-avaylaş böyiça ham tegişli çoralar körilmoqda.
***
Jizzax viloyat favqulodda vaziyatlar boşqarmasi Foriş dala poligonida öquv maşğulotlari taşkil etdi. Unda boşlanğiç tayyorgarlik öquv kursi tinglovçilari qatnaşdi.
Maşğulotlar harbiy psixolog tomonidan olib borildi. Asosiy maqsad tinglovçilarning ruhiy-psixologik tayyorgarligini oşirişdan iborat böldi. Şuningdek, jamoada işlaş va hamjihatlik könikmalarini mustahkamlaşga eʼtibor qaratildi.

“Psixologik tayyorgarlik” fani doirasida maʼruza maşğuloti ötkazildi. Jamoaviy birdamlikni mustahkamlaşga qaratilgan (“Team building”) trening öyinlari ham taşkil etildi.

Maşğulotlar iştirokçilarda özaro işonç va hamkorlik könikmalarini rivojlantirdi. Jamoaviy qaror qabul qiliş va muammoli vaziyatlarda töğri harakatlaniş maşq qilindi. Bir-birini qöllab-quvvatlaş kabi muhim fazilatlarni şakllantirişga ham eʼtibor berildi.
***
Taʼlim va ilm-fan vazirligi tizimidagi taʼlim muassasalari öquvçilari örtasida “Beş taşabbus olimpiadasi”ning Jizzax viloyat bosqiçi musobaqalari ötkazildi.

Unda şaxmat, şaşka va vorkaut sport turlari böyiça bellaşuvlar taşkil etildi. Şaxmat musobaqalari 7-10 va 11-17 yoşli öğil bolalar hamda qizlar örtasida ötkazildi. Şaşka bahslarida 11-17 yoşli öquvçilar iştirok etdi. Vorkaut musobaqasida esa 15-17 yoşli öğil bolalar kuç sinaşdi.

Iştirokçilar intellektual salohiyat, tezkor fikrlaş va jismoniy tayyorgarliklarini namoyiş etdi. Yakunda ğolib va sovrindorlar aniqlanib, taşkilotçilar tomonidan taqdirlandi.
Abdujalol Qayumov,
ÖzA muxbiri