Forish tumanining axborot-kutubxona markazida “Kitob va mutolaa haftaligi” doirasida “Kitob — hayot yo‘llarini yorituvchi shamchiroq” nomli ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tumanning Oqtom mahallasida yashab, ijod qilayotgan shoira Saida Siddiqova ishtirok etdi. U yosh kitobxonlar bilan uchrashib, ijod yo‘li, ilhom manbalari, she’r yaratish jarayonlari haqida suhbatlashdi hamda “Sabr sultoni”, “Taqdir” va “Jajji bolajon” kabi to‘plamlaridan she’rlar o‘qib berdi. 

Shoira mazkur kitoblarini kutubxona fondiga taqdim etib, yoshlar orasida kitobga bo‘lgan muhabbatni mustahkamlash zarurligini ta’kidladi.

***

Arnasoy tumanida joriy yildagi paxta yig‘im-terimiga tayyorgarlik bo‘yicha maxsus yig‘ilish o‘tkazildi. Unda Jizzax viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Zafar Ro‘ziyev, viloyat hokimi o‘rinbosari Gulnora Normurodova, Arnasoy tumani hokimi Odil Musanov hamda viloyat prokuraturasidan mas’ul xodimlar ishtirok etishdi. 

Tadbirda fermer xo‘jaliklari rahbarlari, terim otryadlari boshliqlari, mahalla faollari va boshqa mutasaddilarga terim jarayonlarini tizimli tashkil etish, mehnat muhofazasi qoidalariga qat’iy rioya qilish, terimni o‘z vaqtida va samarali yakunlash yuzasidan aniq topshiriq va tavsiyalar berildi.

***

G‘allaorol tumanida ekologik holat yuzasidan jamoatchilik nazorati asosida muhokama tashkil etildi. Unda Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyatida, deputat I.Mamatqulov so‘rovi asosida Buloqboshi mahallasidan kelib tushgan murojaat — daryo suvining ifloslanishi va tomorqa uchun suv ta’minoti bilan bog‘liq muammolar ko‘rib chiqildi.

Muhokamada tuman ekologiya bo‘limi, “Zarxan qumi”, “Shahboz tilla balig‘i” va “Tabiiy qazilma” kabi MCHJ vakillari ishtirok etdi. Mas’ullarga muammoni bartaraf etish uchun 15 kunlik muhlat berildi. 

Shuningdek, tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Qorajonov “Ekologik nazorat to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablarini tushuntirib, tadbirkorlarga amaldagi qoidalar bo‘yicha aniq ma’lumotlarni taqdim etdi.

***

Paxtakor tumanining obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan tuman hududida keng ko‘lamli tozalash va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Yo‘l chetlaridagi chiqindilar yig‘ilmoqda, daraxt va o‘t-o‘lanlar butalmoqda, maktab, bog‘cha va mahallabop maydonchalarda tozalash va ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. 

Boshqarma rahbarlarining ta’kidlashicha, aholi bilan hamkorlikda har bir mahallada toza va ozoda muhitni ta’minlash, obodonlikni doimiy saqlash fuqarolarning hayot sifati va farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda.

***

Jizzax shahrining Sayxon mahallasida ajrimlarning oldini olish va oilaviy totuvlikni mustahkamlash maqsadida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Unda mahalla faollari, mutasaddi tashkilotlar va oilaviy psixologlar ishtirok etishdi.

Tadbirda turmush ortdida yuzaga keladigan muammolar, ularni hal etish yo‘llari, o‘zaro hurmat va kechirimlilikning ahamiyati yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Qur’oni Karim oyatlari va hadislar asosida nikohning muqaddasligi, sabr va mas’uliyat tuyg‘usi oilada tinchlik garovi ekani ta’kidlandi. Yig‘inda yoshlar, ota-onalar va keng jamoatchilik faol ishtirok etdi.

Abdujalol Qayumov, O‘zA 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzax viloyati xabarlari – qisqa satrlarda