Jizzax viloyat davlat arxivi xodimlari Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 20 apreldagi “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax shahridagi “Sayiljoyi” mahalla fuqarolar yig‘inida targ‘ibot tadbiri o‘tkazdi.

Tadbir davomida mahalla faollari va yoshlarga arxiv sohasidagi islohotlar, yangilanish va o‘zgarishlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Xususan, arxiv hujjatlarini raqamlashtirish ishlari va sohaga innovatsion texnologiyalarning joriy etilganligi alohida qayd etildi. O‘z navbatida fuqarolar ham o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

***

O‘quvchilarning qishki ta’tilini mazmunli tashkil etish maqsadida Baxmal tuman hokimligi hamda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan ehtiyojmand oilalarning 50 nafar o‘quvchisi uchun Jizzax shahriga sayohat tashkil etildi.

O‘quvchi o‘g‘il-qizlar dastlab shahardagi Hamid Olimjon va Zulfiyaxonim hamda Sharof Rashidov muzeylarini tomosha qildi, so‘ngra o‘quvchilar viloyat markazidagi oliy o‘quv yurtlari faoliyati bilan tanishtirildi.

Kunning ikkinchi yarmida o‘g‘il-qizlar Yunus Rajabiy nomidagi viloyat musiqali drama teatrida namoyish etilgan teatr tomoshasidan bahramand bo‘lishdi. Sayohat baxmallik o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi.

***

G‘allaorol tumanida qish mavsumini betalafot o‘tkazish, energetika tizimining barqaror ishlashini ta’minlash, aholi, tashkilot va muassasalar hamda iqtisodiyot tarmoqlariga sifatli elektr energiyasi, tabiiy gaz ta’minotini va ichimlik suvini uzluksiz yetkazib berishda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan uzilishlarning oldini olish maqsadida ishchi guruhlari tomonidan o‘rganish ishlari muntazam ravishda olib borilmoqda.

Jumladan, ishchi guruhi tomonidan tuman markazidagi ijtimoiy soha ob’ektlari, ko‘p qavatli uylar hamda aholi xonadonlarida yuzaga kelgan muammolar aniqlanib, mutaxassislar tomonidan qisqa fursatlarda bartaraf etildi.

***

Yangiobod tumani hokimligi majlislar zalida tumanda yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish borasida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda mahallalar yettiligi a’zolari hamda soha mas’ullari ishtirok etib, yoshlar siyosatini amalga oshirish, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olishga qaratilgan ishlar sarhisob qilindi va galdagi vazifalar belgilab olindi.

Shuningdek, ushbu sohada yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokama etilib, bu borada natijadorlikka erishish yuzasidan yettilik a’zolari va mas’ul rahbarlarga ko‘rsatmalar berildi.

***

Xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashi deputati Olamgir Begmatov hamda O‘zLiDeR Jizzax viloyat hududiy partiya tashkiloti “Ayollar qanoti” faollari tashabbusi bilan tuman tibbiyot bo‘limiga qarashli 22-oilaviy poliknikada Bobur, Fayzobod, Oqtoshota, Qorayantoq, Tuyoqli mahallalaridagi kam ta’minlangan oilalalarda istiqomat qiluvchi 100 nafar xotin-qiz uchun navbatdagi bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi. 

Ushbu ko‘rik jarayonida xotin-qizlarga kerakli maslahatlar, shifoxonalarda davolanish uchun yo‘llanmalar, oilalarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga doir tavsiyalar berildi.

[gallery-21184]

A.Qayumov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzax viloyati xabarlari – qisqa satrlarda