| Y | D | S | CH | P | J | SH |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 |
| 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 |
| 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 |
| 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | 27 | 28 |
| 29 | 30 | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 |
Jizzax viloyati xabarlari – qisqa satrlarda

Yangi yil bayrami arafasida Jizzax viloyat sudlari jamoasi uzoq yillar sud-huquq tizimida faoliyat yuritgan mehnat faxriylari xonadonida bo‘lib, Oliy sud raisi B.Islamov tomonidan yo‘llangan bayram tabrigi o‘qib berildi. Jizzax viloyat sudlari jamoasi sud faxriylarini bayram bilan tabriklab, ularga sovg‘alar ulashildi.



***
Prezidentimizning 2021 yil 26 martdagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Yangi yil bayrami arafasida Arnasoy tumanida “Ma’naviyat va ma’rifat maskani” ochilishi tantanali ravishda tashkil etildi. Tadbirni tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Shavkat Kenjaboyev ochdi. Ishtirokchilar “Ma’naviyat-ma’rifat maskani”da yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Shundan so‘ng jurnalist va blogerlar ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, ushbu maskanda bir guruh yoshlar ishtirokida kitoblar taqdimoti hamda davra suhbati o‘tkazildi.


***
Davlatimiz rahbari tomonidan joriy yilning 21 noyabrida o‘tkazilgan “Yer resurslaridan oqilona foydalanish, yer hisobini yuritish hamda kadastr xizmatlari sifatini yaxshilash bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida”gi yig‘ilishiga muvofiq Jizzax viloyat qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda joriy yilning 28 dekabr kuni qishloq xo‘jaligi sohasida hududiy yarmarka va taqdimoti tashkil etildi.
Taqdimotda Jizzax shahridagi Yoshlar markazi zalida Respublika va viloyat banklari hamda tumanlardan tashrif buyurgan chorvachilik, sabzavotchilik fermer xo‘jaliklari va eksportyorlar o‘zining mahsulotlari bilan ishtirok etdi.

***
Yangi yil bolajonlar uchun eng quvonchli bayram bo‘libgina qolmay, ular bezatilgan archa atrofida qorbobodan turli-tuman sovg‘alar olib, o‘z quvonch va shodliklarini ulashishga oshiqadi. Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashi kotibiyati ham Forish tumanidagi bir guruh ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar farzandlariga yangi yil sovg‘alarini taqdim etdi. Xalq deputatlari Forish tuman Kengashi kotibiyati mudiri Ra’no Daulanova va “Oqila ayollar” harakati a’zosi Noriniso Irisova bolajonlarga bayram sovg‘alarini topshirar ekan, ularni kirib kelayotgan Yangi yil bilan qutladi.


***
Albatta, bu bayramni hammadan ko‘proq bolajonlar intiqlik va o‘zgacha shukuh bilan kutadi. Ulashiladigan Yangi yil sovg‘alari esa ularga bir olam zavq-shavq bag‘ishlaydi. Bayram munosabati bilan Zomin tuman hokimligida tadbir tashkil etilib, vasiylik va homiylikdagi, ota-ona qarovidan mahrum bo‘lgan va farzandlikka olingan o‘g‘il-qizlar taklif etildi.
Tadbirda tuman hokimi Alisher Abdug‘aniyev bolajonlarni qutlab, mas’ullar ishtirokida ularga “Prezident sovg‘alari”ni topshirdi.


A.Qayumov, O‘zA.
Muallif: abdujalolqayumov


