Zominda “Yosh huquqshunos” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichida 14-17, 18-30 yosh toifasidagi ishtirokchilarning Ona tili va adabiyoti, O‘zbekiston tarixi, huquqshunoslik fanlaridan bilimlari test savollari asosida baholandi.
Tanlov yoshlarni olib borilayotgan islohotlarning faol ishtiirokchisiga aylantirish, ularning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobatni shakllantirish, erishayotgan natijalarni targ‘ib qilish maqsadida tashkil etildi.
1-o‘rinni 14-18 yosh toifasi bo‘yicha Zomin shaharchasidan Lobar Qosimova, 18-30 yosh toifasida “Chorvador” MFYda yashovchi Javlon Alibekov egallab, viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kirtdi.

Jizzax shahrida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi Kibersport musobaqasining viloyat bosqichi g‘oliblari aniqlandi.
“PES-2022” turniri bo‘yicha Do‘stlik tumani “Bunyodkor” MFYda yashovchi Umirzoq Suyunov, “FIFA-2022” turnirida G‘allaorol tumani “Baxt” MFYdan Lochinbek Baxronov hamda “CS:CO” turnirida Arnasoy tumani yoshlari jamoasi 1-o‘rinlarni egallab, respublika bosqichida viloyat sharafini himoya qiladigan bo‘ldi.

G‘allaorol tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda sudlar raislari tomonidan tumandagi huquqiy jihatdan ko‘makka muhtoj xotin-qizlarning muammolarini hal etish maqsadida sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabulda xotin-qizlarning oilaviy masalalar, sog‘liqni saqlash va boshqa turli sohalardagi muammolarini hal etishga amaliy yordam berildi.

Yangiobod tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 17 martdagi “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hamda 2021 yil 6 iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi kurash faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlari yuzasidan tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari pedagog xodimlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.
Unda mazkur qarorlarning mazmun-mohiyati keng tushuntirilib, mavzular yuzasidan maktab pedagog xodimlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.

Mamlakatimizning barcha hududlaridagi kabi Zarbdor tuman hokimligida ham onlayn shaklda o‘tkazilgan siyosiy-ma’rifat o‘quv soatida tuman hokimligi mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
Ushbu siyosiy-ma’rifat soatida O‘zbekistondagi konstitutsiyaviy islohotlarning ustuvor yo‘nalishlari hamda huquqiy savodxonlik, hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati kabi masalalarga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Arnasoy tumani 2-sektor rahbari, tuman prokurori Xayrulla Gaziyev “Yangi Bo‘ston” MFY hududida faoliyat yuritayotgan “Mehrimoh tekstil” MCHJ faoliyati bilan yaqindan tanishib, ishlab chiqarishni yanada kengaytirish borasida o‘z tavsiyalarini berdi va hududda bu kabi tikuvchilik sexlarini ko‘paytirish orqali aholi bandligini taminlash muhim masalalardan biri ekanligini ta’kidladi.
Hududda bu kabi tikuvchilik sexi ikkita bo‘lib, shu mahalladagi ko‘plab xotin-qizlarning bandligi ta’minlangan. Ushbu sexlar shartnoma asosida yarim tayyor mahsulotlarni olib kelib, tayyor mahsulot ishlab chiqaradi va fabrikalarga tayyor holda yetkazib beradi.
A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA