Jizzax viloyat tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi Zarbdor tuman bo‘limi hamda Zomin tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi xodimlari hamkorligidagi tezkor guruh tomonidan o‘tkazilgan reyd-tadbiri davomida, tumanning “Shodlik” MFY hududida 4 nafar fuqaro noqonuniy ravishda tuproq materiallarini ruxsatnomasiz qazib olayotganligi aniqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 70-moddasi 1-qismiga asosan fuqarolarga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 3 million 740 ming so‘m miqdorida jarima belgilandi.  

***  

Hozirda, Do‘stlik tumani maktab va maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli 9-sonli maktabgacha ta’lim binosida qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Tuman prokurori S.Razzoqov tegishli tashkilotlar vakillari bilan birgalikda mazkur ob’ektda olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan yaqindan tanishdi. Ushbu jarayon davomida, tuman prokurori qurilish-ta’mirlash ishlarini sifatli, aniq reja asosida olib borish va belgilangan muddatda yakunlab, foydalanishga topshirish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berib, qurilish-ta’mirlash ishlari bo‘yicha o‘z taklif-mulohazalarini bildirdi.  

***  

Jizzax viloyatida yoqilg‘i – energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazorati muntazam ravishda amalga oshirib kelinmoqda. Mirzacho‘l tuman prokurori, 2-sektor rahbari A.Sakiyev tomonidan viloyat elektr tarmoqlari korxonasi va uning tuman bo‘limi  rahbari bilan birgalikda tuman tibbiyot birlashmasida mutasaddi rahbarlar ishtirokida birlashma xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.    

Uchrashuvda, elektr energiya, gaz va suv resurslaridan oqilona foydalanish samaradorligini oshirish va tejamkorlikni ta’minlash, to‘lov intizomini shakllantirish masalalari ko‘rib chiqildi.  

Shuningdek,  mas’ul xodimlarga energetika sohasi ob’ektlarining kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini ta’minlash, “mahallabay” tamoyili asosida ishlash bo‘yicha ham mutasaddilarga zarur topshiriqlar berildi.  

***  

Zafarobod tumani “Lolazor” MFYda ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi. Unda tuman hokimi G‘.Eshpo‘latov, tuman prokurori H.Bektemirov, tuman IIB boshlig‘i B.Musurmonov, tumandagi Prezident Xalq qabulxonasi, tuman soliq inspeksiyasi va boshqa mutasaddi rahbarlar ishtirok etdi. 

Qabulda ko‘tarilayotgan har bir masala alohida nazoratga olib borildi va qabulda ko‘tarilgan masalalarning 8 tasi joyida o‘z yechimini topgan bo‘lsa, muddat talab qiladigan murojaatlarni ham qisqa fursatlarda hal etish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berilib, aniq muddat belgilandi va ijrosi nazoratga olindi.  

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat) O‘zA.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzax viloyati: prokuratura matbuot xizmati xabarlari