Jizzax viloyati IIB JXX JTSB patrul-post xizmati bataloni xodimlari tomonidan kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, ko‘cha va jamoat joylarida huquqbuzarlik sodir etilishining oldini olish va aholining huquqiy bilimini oshirishga qaratilgan profilaktik tadbirlar muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.

Jizzax shahrining aholi guvjum joylarida tashkil etilgan tadbirlarda sovuq qurol hamda hayot va sog‘liq uchun xavfli buyumlarni olib yurmaslik va foydalanmaslik bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

***

Ekologiya sohasida sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda ma’muriy choralar ko‘rish maqsadida viloyat hududida “Ekopatrul” guruhlari ish olib bormoqda.  

[gallery-20864]

Jumladan, viloyat IIB JXX JTSB PPX hamda viloyat ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi  boshqarmasi xodimlaridan iborat ushbu guruhlar tomonidan Sharof Rashidov tumanining “Sharilloq” hamda Jizzax shahrining “Mirzo Bobur” MFYlarida jamoat joylari, ko‘p qavatli uylar atrofi, korxona va tashkilotlarga qarashli chiqindixonalar o‘rganildi.  

Tadbirlar jarayonida huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga tushuntirishlar berilib, ayrim holatlarda tegishli jazo choralari qo‘llanildi. “Ekopatrul” guruhlarining ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda.

***

Jizzax viloyati IIB JXX JTSB kinologiya bo‘linmasi xodimlari tomonidan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan profilaktik tadbirlar uyushtirilmoqda.  

Xususan, Sharof Rashidov tumanidagi 3-, 20-, 55-, 28- sonli o‘rta umumta’lim maktablarida tashkil etilgan targ‘ibotlarda IIOlarining kinologiya xizmati faoliyati haqida o‘quvchilarga ma’lumotlar berildi. Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli itlarni umumiy bo‘ysunuvchanlik va himoya-qorovul ko‘nikmalari bo‘yicha tayyorlash xizmati haqida ham ma’lumotlar taqdim etildi.

Tadbirlar davomida kinologlar xizmat itlari yordamida umumiy va maxsus kurs yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlar  namoyish etdi.

***

Mirzacho‘l tumani IIB tomonidan mahalla yettiligi xodimlari uchun o‘quv-seminar tashkil etildi.  

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 30 noyabrdagi “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda ijtimoiy profilaktika tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati tushuntirilib, tizimda xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan uslubiy ko‘mak ko‘rsatildi.  

Bu kabi o‘quv-seminarlar joylarda davom etmoqda.

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat),

O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzax viloyat IIB xabarlari – qisqa satrlarda