Jizzax politexnika institutidan xayrli tashabbus
Jizzax olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida 2023-2024 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarining to‘qqizinchi kuni nihoyasiga yetdi.
Ushbu tadbirga yig‘ilganlar Jizzax politexnika institutining faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi. Shu kunning o‘zida Jizzax politexnika instituti tomonidan abituriyentlarning ota-onalari va yaqinlari uchun bayramona dasturxon yozilib, malakali oshpazlar tomonidan katta doshqozonda to‘y oshi damlandi. Abituriyentlarning ota-onalari va ehtiyojmandlarga tarqatildi.
To‘kin dasturxon atrofida tashkil etilgan qizg‘in davra suhbati va institut qoshida tashkil etilgan badiiy guruh hamda viloyat iqtidorli yoshlarining konsert dasturi tadbir ishtirokchilariga xush kayfiyat ulashdi.
Ota-onalar mazkur tadbir tashkilotchilari – Jizzax politexnika instituti jamoasiga bayramona dasturxon uchun minnatdorlik bildirdi.
[gallery-13095]
Jahongir Tulakov,
Jizzax politexnika instituti Matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi
O‘zA