Jizzax politexnika institutida arxitektura va qurilish fakulteti ochildi hamda ushbu fakultet qoshida arxitektor-loyihachilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash mintaqaviy markazi tashkil etildi.

Yangi fakultet va mintaqaviy markaz viloyatda zamonaviy yo‘nalishlar bo‘yicha kadrlar tayyorlash salohiyatini oshirish, yuqori malakali arxitektor, arxitektor-loyihachi kadrlar yetkazib berishga xizmat qiladi.

2017/2018 o‘quv yili uchun qabul kvotalarida arxitektura fakulteti bakalavriat yo‘nalishiga 25 o‘rin ajratilgan.

– Prezidentimiz tashabbusi bilan arxitektura va qurilish fakultetining ochilishi viloyatda bu yo‘nalishda mutaxassislar tayyorlashda alohida ahamiyatga ega, – deydi Jizzax politexnika instituti rektori, texnika fanlari doktori Alisher Usmonqulov. – Shahar va qishloqlarimizning zamonaviy qiyofasini shakllantirishda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik talablari hisobga olinib tashkil etilgan fakultet arxitektura, loyihalashtirish va qurilish sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Davlat arxitektura-qurilish qo‘mitasi bilan hamkorlikda yangi tashkil etilayotgan mintaqaviy markazning nizomi, sertifikat va diplom namunalarini ishlab chiqish, yo‘nalishlar, fanlar o‘quv rejalari, o‘quv dasturlarini tasdiqlash, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va jihozlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Yangi tashkil etilgan fakultet va malaka oshirish markazida mashg‘ulotlar olib borishga Toshkent arxitektura-qurilishi va Samarqand davlat arxitektura-qurilishi institutlarining tajribali professor-o‘qituvchilarini jalb etish mo‘ljallanmoqda.

Jizzax politexnika instituti olim va tadqiqotchilari yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanib, mamlakat va xalqaro miqyosdagi yirik ilmiy loyihalarda faol ishtirok etayotir, Yevropa Ittifoqining xalqaro "Tempus" dasturi doirasida 2015-2017-yillarga mo‘ljallangan “Avtomagistrallar qurilishi muhandisligi va transport mashinasozligi bo‘yicha o‘quv dasturlarini takomillashtirish”, Germaniyaning Gamburg texnologiya universiteti bilan hamkorlikda “O‘zbekistonning aholi yashaydigan hududlarida iqlim o‘zgarishiga moslashuv” mavzusidagi xalqaro, “Noravshan to‘plamlar nazariyasi asosida tasvirlarni qayta ishlash va tahlil qilish algoritmlari va dasturiy ta’minotini yaratish”, “Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida xizmat ko‘rsatish sifati va tarkibini takomillashtirishning nazariy asoslari”, “Talabalarda assertiv xulqni shakllantirishning ijtimoiy psixologik xususiyatlari” kabi fundamental-tadqiqot va innovatsion loyihalar shular jumlasidandir.

Institutda yaratilayotgan yangi istiqbolli ilmiy loyihalarni hayotga tatbiq etishda fan, ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasida korporativ hamkorlikni rivojlantirishning o‘ziga xos mexanizmi shakllangan. Ayniqsa, avtomobil yo‘llari qurilishi, energetika sohalarida yaratilgan yangi loyiha, ishlanma va kashfiyotlar bevosita ishlab chiqarishda sinab ko‘rilayotgani iqtisodiy samara bermoqda.

Institutda olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijasida 2016-yilda elektron dasturlarga 9 guvohnoma, 1 ixtiroga patent va 3 ishlanmaning amaliyotga tatbiqi bo‘yicha dalolatnoma olingan. Professor-o‘qituvchilar tomonidan 4 monografiya, 3 o‘quv qo‘llanmasi nashr etilgan, xorijiy ilmiy jurnallarda 86 ilmiy maqola e’lon qilingan.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzax politexnika institutida yangi fakultet