Jizzax erkin iqtisodiy zonasida barpo etilgan “ADM Jizzakh” yengil avtomobilsozlik korxonasi faoliyat boshlaganiga 3 yil nari-berisida vaqt o‘tar-o‘tmay, u yerda yana bir yirik muqobil va qayta tiklanadigan energiya manbalari asosida avtomobillar ishlab chiqaradigan, O‘zbekistonda yagona bo‘lgan “BYD Uzbekistan Factory” korxonasi ham joriy yil birinchi choragidan buyon faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Davlatimiz rahbari poyoniga yetib borayotgan yilimizning 25 yanvar sanasida Xitoy Xalq Respublikasining Shenchjen shahridagi “BYD” kompaniyasi bosh qarorgohi va texnologiyalar markaziga tashrif buyurib, Jizzax viloyatida elektromobillar ishlab chiqarishga start bergani haqida xabar bergan edik.

Ushbu qiymati 160 million AQSH dollarilik loyihaning birinchi bosqichida dastlab yiliga 50 ming dona gibrid va elektr avtomobillar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, mazkur loyiha to‘liq ishga tushgach esa yiliga 300 ming dona avtomobil ishlab chiqarish imkoniyati paydo bo‘lishini ham shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish joiz.

Ikkinchi bosqichda esa qiymati 300 million AQSH dollarilik loyiha hisobiga elektromobillar sonini yiliga 200 ming donaga, 500 million AQSH dollarilik uchinchi bosqich loyihasida 500 ming donagacha yetkazish ko‘zda tutilgan.

Bugungi kunda korxonaga Xitoydan robotlashtirilgan tizimlar va uskunalar keltirib o‘rnatilgan bo‘lib, ishlab chiqarish jarayoni avtomatlashtirilganini alohida qayd etish lozim.  

Shu o‘rinda elektromobilning geometrik o‘lchamlarini yuqori aniqlikda tekshiruvchi laboratoriya tashkil qilingani tahsinga loyiq. Ayni paytda korxonada “Chazor” va “Song Plus Champion” modellari ishlab chiqarilmoqda.  

Bundan tashqari, kelishuv shartlari mahsulotlarni mahalliylashtirish dasturini o‘z ichiga oladi.

Davlatimiz rahbari joriy yil 27 iyun kuni Jizzax viloyatiga tashrifi chog‘ida mazkur korxonaga tashrif buyurib, konveyerdan chiqqan ilk elektromobilga imzo qo‘yganlari haqida ham O‘zA xabar bergan edi.

Ayni paytga kelib, ushbu korxonada 1 ming 200 nafar, asosan jizzaxlik yoshlar mehnat qilmoqda.

[gallery-20526]

Jizzaxda avtomobil sanoatining rivojlanishi minglab ish o‘rinlari yaratilishi, hudud iqtisodiyotining o‘sishi, eksport hajmini oshirishi barobarida mamlakatimiz yengil avtomobil bozorida o‘ziga xos raqobat muhitini yaratgani bilan ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Darhaqiqat, bugun Jizzax avtomobilsozlik sohasida O‘zbekistondagi eng ilg‘or hududga aylandi.

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat),

O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzax –avtomobilsozlikda eng ilg‘or hudud