Mamlakatimizda o‘z fikri, mustaqil dunyoqarashi, tafakkur tarziga ega, jismonan va ma’nan barkamol farzandlarni tarbiyalash, aholining barcha qatlami orasida sportning ommaviyligini ta’minlash, ta’lim jarayonini xalqaro standartlarga moslashtirish, tizimni raqamlashtirish, pedagogik va ilmiy salohiyatni yanada oshirish, ilg‘or xorijiy sport-ta’lim texnologiyalarining transferini amalga oshirish orqali yuqori natijalarga erishish bugungi kunning ustuvor vazifasi sanaladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti tashkil etilgani malakali trener va mutaxassislar, salohiyati yuqori sport sohasi olimlarini tayyorlash tizimini yangi bosqichga olib chiqdi.  

Darhaqiqat, o‘tgan davr mobaynida ushbu dargoh yuzlab malakali mutaxassislarga beshik bo‘ldi. Ko‘plab yurt dovrug‘ini doston etgan sportchilar, chempionlar kamolga yetishiga mustahkam zamin yaratdi.  

Globallashuv jarayoni xalqaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, jismoniy tarbiya va sport sohasida ham kommunikatsiya tizimlarini ishlab chiqish va yo‘lga qo‘yish borasidagi ishlarni takomillashtirishni taqozo qildi. O‘tgan 2018 yildan boshlab amalga oshirilgan tub islohotlar nafaqat O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga, balki mamlakat barkamolligini ta’minlash, belgilash, uning strategik yo‘nalishlarini aniqlashda izlanishlar olib boradigan, tavsiyalar ishlab chiqadigan salohiyatli o‘qituvchi va murabbiy kadrlar tayyorlash tizimini yangi yuksalish pog‘onasiga ko‘tarmoqda.  

Farmonning qabul qilingani ilm-fan, ta’lim va jismoniy tarbiya integratsiyasi doirasida sport-sog‘lomlashtirish, ommaviy sportni takomillashtirish, keng aholi qatlami orasida targ‘ib etish borasidagi muammolar yechimini ilmiy asoslab berish imkonini yaratdi.  

O‘quv jarayonini tashkil etishning zamonaviy usullarini joriy qilish, yoshlarning sifatli oliy ta’lim olishlariga keng imkoniyatlar yaratish uchun yuqori darajada kasbiy pedagogik mahoratga ega bo‘lgan hamda sport sohasida yuqori natijalarni qayd etgan malakali, amaliy ish tajribasiga ega xalqaro toifadagi sport ustalari va trenerlar ta’lim jarayoniga keng jalb etildi.  

Shuningdek, talabalarning mustaqil tayyorgarligini chuqurlashtirishni hisobga olgan holda nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni yanada optimallashtirish, ularning kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishga qaratilgan o‘quv rejalar, dasturlar va o‘quv-metodik materiallarni ta’lim jarayonida qo‘llashga kirishildi.  

Universitetning xalqaro reytingi va raqobatbardoshligini oshirish maqsadida chet el fuqarolari uchun ta’lim olish yo‘lga qo‘yilishi bilan birga, mavjud moddiy-texnika bazasi imkoniyati doirasida qo‘shimcha pulli xizmatlar, iste’dodli yoshlarni saralab olish hamda respublika va xalqaro sport musobaqalarida olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha talabalar sport klublari hamda jamoalarining ishtirokini ta’minlash yo‘lga qo‘yildi.  

Xorijiy oliy ta’lim muassasasi va sport tashkilotlari bilan birgina 2022 yilda 12 ta, 2023 yil 14 ta hamkorlik aloqalari o‘rnatildi.  

2024 yil  birinchi chorak hisobida 5 ta davlatning ta’lim muassasalari, sport tashkilotlari bilan kelishuvlarga erishilgani O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash tizimi mutlaqo yangicha ko‘rinishda rivoj topishi uchun poydevor yaratilayotganini anglatmoqda.  

O‘rnatilayotgan hamkorlik aloqalari, kelishuvlar tufayli bugungi kunda universitetda 5 nafar xorijiy mutaxassis olim faoliyat ko‘rsatmoqda. 2023 yilda 32 nafar xorijiy talaba universitetda tahsil olishga kirishgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich joriy yildan yanada ortishi kutilyapti.  

Yana bir o‘ziga xos yo‘nalish — dunyoning turli davlatlari jismoniy tarbiya va sport sohasi mutaxassislari, olimlar ishtirokida ilmiy konferensiyalar o‘tkazilib kelinayotgani O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti sport sohasining menejment va marketingi muammolari, sohadagi turli tendensiyalar va istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish, tatbiq etish markaziga aylanib borayotganidan dalolat.  

Koreya milliy sport universiteti, Kangvon milliy universiteti hamda Turkiyaning 9 ta yetakchi universiteti, Amerika sport akademiyasi, Pekin sport universiteti, Sidney sport universiteti, Liverpul Djon Murs universiteti hamda Germaniyaning yetakchi universitetlari bilan o‘rnatilgan hamkorlik munosabatlari nafaqat ta’lim, balki mahoratli sportchilarni tayyorlash, nufuzli kompleks musobaqalarni tashkil etish maydonida O‘zbekiston qiyofasini yaratishga xizmat qilishi shubhasiz.  

Jasur Zarifboyev,

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya

va sport universitetining

Xalqaro hamkorlik ishlari bo‘yicha prorektori.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi