Samarqandda o‘tkazilgan Butunjahon hayvonlar sog‘lig‘ini himoya qilish tashkiloti (JHST) Yevropa mintaqaviy komissiyasining 31-konferensiyasi doirasida mazkur forum ishtirokchilari Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti faoliyati bilan ham tanishdi.

Mamlakatimizda veterinariya va chorvachilik sohasidagi islohotlar natijasida tashkil etilgan mazkur universitetda bugungi kunda soha uchun xalqaro standartlar asosida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanmoqda. Toshkent va Nukus shaharlarida universitet filiallari, shuningdek, beshta texnikum tashkil etilgan.

Mehmonlarga universitetda joriy etilgan “JHST modeli” haqida ma’lumot berildi.

Universitet rektori, professor X.Yunusov AQSHning Minnesota universiteti bilan yo‘lga qo‘yilgan “Tvinning dasturi” aynan mazkur tashkilot yordami bilan amalga oshirilganligini ta’kidladi. Buning natijasida veterinariya fan dasturlari va o‘quv materiallari jahon standartlariga moslashtirilib, o‘quv davomiyligi 5 yilga uzaytirilganligi va boshqa ijobiy o‘zgarishlar ushbu hamkorlikning mevasi ekanligini qayd etdi.

Tadbirda Butunjahon hayvonlar sog‘lig‘ini himoya qilish tashkiloti bosh direktori Emmanuel Subeyran xonimga Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining faxriy professori ilmiy unvoni berilib, esdalik sovg‘alari topshirildi.

G‘.Hasanov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
JHST bosh direktori O‘zbekistondagi universitet faxriy professori bo‘ldi