Jeymi Vardiga yangi jamoa topildi
Vardining faoliyatini davom ettirish uchun bir nechta variantlari bor, biroq futbolchi hali yakuniy qarorga kelmagan.
Braziliyaning «San-Paulu» klubi hozirda erkin agent maqomida bo‘lgan sobiq «Lester Siti» va Angliya terma jamoasi hujumchisi Jeymi Vardini tarkibiga qo‘shmoqchi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Braziliya klubi vakillari 39 yoshli futbolchi bilan mumkin bo‘lgan hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish uchun allaqachon bog‘langan.
Vardining faoliyatini davom ettirish uchun bir nechta variantlari bor, biroq futbolchi hali yakuniy qarorga kelmagan.
Jeymi Vardi «Lester Siti» safida 2012–2025-yillar davomida to‘p tepgan. U klub bilan Angliya Premyer Ligasi, Angliya Kubogi va Superkubogi, shuningdek, ikki marta Chempionship chempionligini qo‘lga kiritgan.
Hujumchi faoliyati davomida «Galifaks Taun», «Flitvud Taun», «Kremoneze» va boshqa klublarda ham o‘ynagan. Shuningdek, u Angliya terma jamoasi safida ham maydonga tushgan.