Jeneva shahrida Parlamentlararo ittifoqning 151-assambleyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Assambleyaning “Inqiroz sharoitida insonparvarlik me’yorlariga rioya qilish va insonparvarlik harakatlarini qo‘llab-quvvatlash” mavzusidagi yalpi majlisida O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etdi.

T.Norboyeva o‘z chiqishida dunyoda kechayotgan turli nizolar, inqirozlar va gumanitar tahdidlar millionlab insonlarning hayotiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini ta’kidladi. Bunday sharoitda parlamentlar insonparvarlik tamoyillarini ilgari surish va inson hayotini asrashda hal qiluvchi rol o‘ynashi zarurligi alohida qayd etildi.

Assambleyada O‘zbekistonning insonparvarlik sohasidagi tashabbuslari ilgari surildi. Ta’kidlanganidek, hozirgi kunda dunyo bo‘ylab yuz berayotgan qurolli to‘qnashuvlar natijasida 310 millionga yaqin inson yordamga muhtoj bo‘lib, bu insonparvarlik me’yorlariga rioya qilish masalasini yanada dolzarblashtirmoqda.  

O‘zbekiston xalqaro insonparvarlik harakatlarida faol ishtirok etib, notinch mintaqalardagi muhtoj aholiga uy-joy, tibbiy xizmat va ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatish orqali amaliy yordam bermoqda. Bu sa’y-harakatlar mamlakatimizning insonparvarlik va xalqaro hamjihatlik tamoyillariga sodiqligini yaqqol namoyon etmoqda.

Majlis doirasida parlamentlar o‘rtasida qonunchilik va raqamli hamkorlikni chuqurlashtirish, gumanitar resurslarni samarali va manzilli yo‘naltirish, global tashabbuslarda moliyaviy jihatdan ishtirok etishni kengaytirish, shuningdek, insonparvarlik sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlashga oid aniq takliflar ilgari surildi.

Insonparvarlik – tinchlikning huquqiy kafolati, barqaror taraqqiyotning ma’naviy poydevori ekani qayd etildi. Bu jarayonda parlamentlarning roli oshib borayotgani e’tiborga loyiq.  

N.Abduraimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jenevada O‘zbekistonning insonparvarlik sohasidagi tashabbuslari ilgari surildi