JCHga ikki oy vaqt qolganda Gana terma jamoasi bosh murabbiyi iste'foga chiqarildi
Otto Addo Gana terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimidan bo‘shatildi, deb xabar bermoqda Gana futbol assotsiatsiyasi (GFA) rasmiy sayti.
«Federatsiya Addoga jamoa bilan olib borgan ishlari uchun samimiy minnatdorchilik bildiradi va kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi. GFA yaqin vaqtlar ichida jamoaning yangi murabbiyi haqida ma'lumot beradi», — deyiladi bayonotda.
Mart oyida Gana terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvlarida Germaniyaga (1:2) va Avstriyaga (1:5) imkoniyatni boy bergan edi. Avvalroq, 50 yoshli Addo boshchiligidagi milliy terma jamoa 2026-yilgi jahon chempionatiga yo‘llanma olgan edi.
Mundialning guruh bosqichida ganaliklar Panama, Xorvatiya va Angliya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradilar.