JCH–2026 finali o‘rmon yong‘inlari sabab ko‘chirilishi mumkin
Manbaga ko‘ra, bunday ssenariy ehtimoli past. Chunki finalgacha hali uch kun vaqt bor va 19-iyul kuni Nyu-Yorkdagi MetLife stadionida o‘tadigan uchrashuvga qadar havo sifati yaxshilanishi kutilmoqda.
AQShda JCH–2026 final uchrashuvi — Argentina va Ispaniya terma jamoalari o‘rtasidagi bahs o‘rmon yong‘inlari oqibatidagi tutun sabab boshqa muddatga ko‘chirilishi mumkinligi haqida xavotirlar mavjud. Bu haqda Ole.us xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, bunday ssenariy ehtimoli past. Chunki finalgacha hali uch kun vaqt bor va 19-iyul kuni Nyu-Yorkdagi MetLife stadionida o‘tadigan uchrashuvga qadar havo sifati yaxshilanishi kutilmoqda.
Shunga qaramay, tashkilotchilar futbolchilar, rasmiylar hamda 80 mingdan ortiq muxlisning salomatligi va xavfsizligini ustuvor masala sifatida ko‘rmoqda. Agar havodagi zararli moddalar miqdori me’yordan oshsa, FIFA musobaqa reglamentiga muvofiq uchrashuv vaqtini o‘zgartirish yoki boshqa choralarni ko‘rib chiqishi mumkin.
Hozircha final uchrashuvi taqvimiga o‘zgartirish kiritilgani haqida rasmiy bayonot berilmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kanadadagi o‘rmon yong‘inlari sabab yuzaga kelgan tutun tufayli AQShning MLS chempionatidagi “Chikago Fayr” — “Vankuver Uaytkeps” uchrashuvi ham nomaqbul havo sifati sabab boshqa muddatga qoldirilgan edi.