JCh-2026 favoritlari e’lon qilindi: Fransiya peshqadam, Argentina esa kuchli beshlikda ham yo'q
ESPN nashri bo‘lajak jahon chempionati favoritlari reytingini taqdim etdi.
ESPN nashri bo‘lajak jahon chempionati favoritlari reytingini taqdim etdi.
JCh-2026 shu yilning 11-iyunidan 19-iyuliga qadar AQSH, Kanada va Meksika hududlarida bo‘lib o‘tadi. Shu haftada turnirning barcha ishtirokchilari nomi to‘liq aniqlandi.
ESPN talqiniga ko‘ra, g‘oliblik uchun asosiy da’vogarlar top-10 ligi quyidagicha ko‘rinish olgan:
- Fransiya;
- Ispaniya;
- Angliya;
- Braziliya;
- Portugaliya;
- Niderlandiya;
- Argentina;
- Germaniya;
- Norvegiya;
- Belgiya.