JCH-2026. Avstriya Iordaniyani mag‘lub etdi
Bahsda Romano Shmidt 21-daqiqada hisobni ochdi.
Jahon chempionati 1-turida Avstriya terma jamoasi Iordaniyani mag‘lub etdi - 3:1.
Bahsda Romano Shmidt 21-daqiqada hisobni ochdi. Ali Olvan 50-daqiqada osiyoliklarning javob to‘pini kiritdi.
76-daqiqada Yazan Al-Arab o‘z darvozasiga to‘p kiritib qo‘ydi. O‘yin so‘nggida esa Marko Arnautovich (90+12) yakuniy hisobni o‘rnatdi - 3:1.
Avstriya 3 ochko bilan «J» guruhida 2-o‘rinda. Argentina to‘plar farqi yaxshiligi uchun peshqadam. Iordaniya (0) va Jazoir (0) 3 va 4-pog‘onalarga joylashgan.