Jazoirda muddatidan oldin bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovida amaldagi yetakchi Abdulmajid Tebbun, Sotsialistik kuchlar fronti vakili Yusuf Uushish va Tinchlik jamiyati harakatidan Abdul Ali Hasaniy Sherif ishtirok etdi.

Butun mamlakat bo‘ylab taxminan 24 million fuqaro hamda chet eldagi jazoirliklar 2 sentyabrdan boshlab ovoz berishdi.

2019 yil Jazoirda 20 yillik boshqaruvdan so‘ng Abdulaziz Buteflikaning iste’foga chiqishiga sabab bo‘lgan ommaviy xalq noroziligidan so‘ng Abdulmajid Tebbun saylovda g‘alaba qozongandi.

78 yoshli hozirgi rahbar bu gal mustaqil nomzod sifatida qayta saylanish uchun kurash olib bordi. Armiya, ommaviy axborot vositalari, diniy jamoalar, ish beruvchilar va ba’zi siyosiy partiyalar tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi tufayli Tebbunni yana g‘alabaga asosiy da’vogarga aylantirdi.

Parlamentda 65 deputatga ega asosiy muxolifat partiyasi – islomiy MSP nomzod sifatida muhandis Abdul Ali Hasaniy Sherifni ko‘rsatdi.

Shuningdek, nomzodlar orasida FFS bosh kotibi, parlamentda 26 o‘ringa ega partiya a’zosi, sobiq jurnalist va qonunchi Yusuf Uushish ham bor.

Davlat rahbarini tanlashda 48,03 foiz saylovchi ishtirok etdi.

Ushbu mamlakatda prezident umumiy ovoz berish yo‘li bilan saylanadi. G‘alaba qozonish uchun nomzodni 50 foizdan ko‘p fuqaro qo‘llashi kerak.

Tadbirning rasmiy natijasi Konstitutsiyaviy sud tomonidan e’lon qilinadi.

Siyosatchi Yusuf Buandel “Al-Jazira” nashriga Jazoirda siyosiy muxolifat, deyarli, yo‘q ekanini aytdi.

– Agar Abdulmajid Tebbun prezidentlik saylovining birinchi bosqichida g‘alaba qozonmasa, hamma hayron bo‘ladi, – dedi u.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jazoirda prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tdi