Jazoir elchisi bilan uchrashuv
2018 yilning 24 sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi Favqulodda va muxtor elchisi Naser Busheritni uning iltimosiga koʻra qabul qildi.

Elchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga yoʻllangan Jazoir Prezidenti Abdulaziz Buteflikaning maktubini topshirdi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston-Jazoir aloqalarini faollashtirishning istiqbolli yoʻnalishlari, jumladan qoʻshma tadbirlarni oʻtkazish masalasi yuzasidan fikr almashildi.