Jazoir BAA bilan diplomatik munosabat uzilganini e’lon qildi
Jazoir davlat televideniyesi xabar berishicha, mamlakat ikki tomonlama aloqani saqlab qolishning bor imkoniyati tugaganini ro‘kach qilib, Birlashgan Arab Amirliklari bilan diplomatik munosabatni uzishga qaror qilgan.
Ushbu qaror sababi hozircha ochiqlanmagan. Mahalliy ommaviy axborot vositalari esa avval ham ko‘p bor BAAni mintaqada nifoq solishga urinishda ayblab, keskin tanqid qilib kelgan.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA