Odatda atom elektr stansiyasi mahalliy daryo yoki dengizdan suvni maxsus qurilma orqali olib, keyin yuqori haroratda havzaga qaytaradi. Binbarin, suv o‘ta issiq bo‘lsa, jarayon mahalliy biologiya xilma-xilligiga tahdid solishi mumkin.
So‘nggi kunlarda Yevropa bo‘ylab suzayotgan jazirama to‘lqini tufayli Shveysariya va Fransiyadagi qator AESlar faoliyatini qisqartirdi yoki vaqtincha yopildi. Bu haqda "Euronews" xabar tarqatgan.
Shveysariya 2033 yilgacha atom energiyasidan voz kechishga qaror qilgan bo‘lsa-da, xavfsizlik ta’minlansa, mavjud stansiyalar faoliyatini davom ettirishi mumkin.
Fransiyada 18 elektr stansiyasida jami 57 faol yadro reaktori bor. Mamlakat energiyaning qariyb 65 foizini atomdan oladi. Hukumat bu jarayonni atrof-muhit uchun xavfsiz, deb hisoblaydi.
Musulmon Ziyo, O‘zA