Javohir Tog‘aymurodov Moskvada Muhammad Alini yengdi
Moskva shahrida harbiy bokschilar o‘rtasidagi jahon chempionatining uchinchi kunida to‘rt nafar bokschimiz ringga ko‘tarildi.
Bellashuvlarning 51 kilogrammgacha vazn toifasida ishtirok etgan bokschimiz Aziza Yoqubova musobaqadagi ikkinchi jangida belaruslik raqibasi Yuliya Avanasovich ustidan g‘alaba qozongan bo‘lsa, 81 kilogrammgacha vaznda Shohruhbek Rustamov ilk jangida suriyalik Taxa Yaxyoni yaqqol ustunlik bilan mag‘lub etdi.
Shuningdek, o‘z vazn toifasilarida Javohir Tog‘aymurodov tunislik Melki Muhammad Alini, Lazizbek Mullajonov esa ozarbayjonlik Muhammad Abdullayevni yengib, navbatdagi bosqichga yo‘l oldi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA