Javohir Sindorov-Gukeş Dommaraju bahsining 2-turida murosa yöli tanlandi
Şveysariyaning Jeneva şahridagi BMT Millatlar saroyida dunyo şaxmat işqibozlari eʼtibor markazida bölgan Javohir Sindorov hamda amaldagi jahon çempioni Gukeş Dommaraju örtasidagi musobaqaning 2-tur bahsi yakunlandi.
2026-yilgi şaxmat toji va unvoni uçun kuraşning 2-turida amaldagi jahon çempioni Gukeş oq donalarda, Javohir qora donalarda harakatlandi.
Javohir Sindorov va Gukeş örtasidagi 2-tur öyinining 20-yurişidan söng uçraşuv durang bilan yakunlandi.

Eslatib ötamiz, mukofot jamğarmasi 2 500 000 AQŞ dollaridan iborat jahon çempionligi va şaxmat toji uçun ötkazilayotgan musobaqaning 3-tur öyinlari ertaga ötkaziladi. Unda Sindorov oq, Gukeş qora donalarda öz omadini sinovdan ötkazadi.
T. Röziyev, ÖzA