Jasurbek Jaysunov — Jahon taekvondo prezidenti kubogi g‘olibi
Pokistonning Lahor shahrida taekvondo WT bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi “8th World Taekwondo President’s Cup – Asia” musobaqasining ikkinchi kungi bahslari yakunlandi.
Musobaqaning navbatdagi kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari bittadan oltin va kumush medalni qo‘lga kiritdi. Jasurbek Jaysunov 80 kilogramm vazn toifasida barcha raqiblarini mag‘lub etib, musobaqa g‘olibiga aylandi.
Ozoda Sobirjonova esa 67 kilogramm vazn toifasida finalga qadar yetib borib, kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA