Ma’lumki, so‘nggi yillarda davlatimiz xalqaro iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish, xorijiy mamlakatlar bilan imtiyozli savdo-iqtisodiy munosabat o‘rnatishga alohida ahamiyat qaratmoqda. Yuqori sifatli, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish asosida jahon bozoridan mustahkam o‘rin egallash maqsadini ko‘zlagan islohotlarimiz faol bosqichga kirgan. Bu jarayonda, ayniqsa, tashqi savdoning ahamiyati beqiyos. Shu bois mamlakat eksport salohiyatini oshirish hukumatning doimiy e’tiborida.

Tabiiyki, Jahon savdo tashkilotiga kirish uchun eksport salohiyatini oshirish muhim omil hisoblanadi. Binobarin, кейинgi yillarda, xususan o‘tgan yil mazkur gufuzli tuzilmaga qo‘shilish yo‘lidagi ishlar yanada jadallashgani bejiz emas. A’zo davlatlar bilan ikki va ko‘p tomonlama muzokaralarni yakunlash, milliy qonunchilikni JST hujjatlariga uyg‘unlashtirish bo‘yicha salmoqli ishlar qilindi.

O‘zA muxbiri ayni mavzuda iqtisodiyot fanlari doktori, professor Jasur Otaniyozov bilan suhbatlashdi.

– Ma’lumki, JSTga a’zo bo‘lish murakkab jarayon. O‘tgan yil bu borada qanday ishlar amalga oshirildi?

– 2024 yil yurtimiz ichki va tashqi siyosatda ulkan natijalarga erishdi. Xorijiy davlatlar bilan aloqani mustahkamlash, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish borasida tizimli ishlar qilindi. Ayniqsa, JST ga a’zolik yo‘lida dadil qadamlar tashlandi.

“O‘zbekiston-2030” strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalarni izchil bajarish asnosida JSTga kirishni jadallashtirish maqsadida 3 iyunda Prezidentning “Bozor islohotlarini yanada jadallashtirish va O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligini Jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirish bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

Ushbu hujjatga muvofiq, davlat xaridini amalga oshirishda sog‘lom raqobat muhitini ta’minlash, milliy qonunchilikni JSTning Subsidiyalar va kompensatsiya choralari to‘g‘risidagi bitim (ASCM), amaldagi boj, yig‘im va qiymatni tuzilmaning Tariflar va savdo bo‘yicha bosh bitimi (GATT 1994) talabiga moslashtirish maqsadida qator muhim chora-tadbirlar belgilangan.

5 iyun kuni davlatimiz rahbari JST bosh direktori doktor Ngozi Okonjo-Ivealani qabul qilishi o‘tgan yilning yana bir muhim voqeasidir. Uchrashuvda joriy chora-tadbirlar muhokama qilindi. Qisqa muddatda Ishchi guruh ikki marta yig‘ilgani, a’zo mamlakatlar bilan faol muzokara olib borilayotgani, qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash sharti muhokama qilina boshlangani, milliy qonunchilikni tashkilotning me’yor va qoidalariga muvofiqlashtirish izchil davom etayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Shuningdek, “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish, elektron savdo va raqamli xizmat eksportini oshirish bo‘ytcha hamkorlik muhimligi ta’kidlandi.

– O‘zbekiston JSTga qachon a’zo bo‘lishi mumkin?

– O‘zbekiston 2026 yil Kamerunda bo‘lib o‘tadigan 14-vazirlar konferensiyasigacha tashkilotga a’zo bo‘lishni reja qilgan. Ishchi guruhning sakkizinchi yig‘ilishida qo‘shilish oldi zarur islohotlarni amalga oshirishdagi sa’y-harakatlarimiz yuqori baholandi.

Qayd etish o‘rinli, yurtimizning JSTga a’zo bo‘lishi boshqa davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni yanada yaxshilash, tovar ayirboshlash hajmini oshirish, yangi bozorlarga chiqish orqali tashqi raqobatbardoshlikni kuchaytirish uchun qulay sharoit yaratadi.

Dunyodagi eng yirik mazkur xalqaro iqtisodiy tuzilmaga 164 davlat a’zo. Bu mamlakatlar global savdo va jahon yalpi ichki mahsulotining 98 foizdan ko‘pini ta’minlaydi. Respublikamiz tashqi savdo aylanmasining asosiy qismi ham aynan a’zo davlakatlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. JST tashkil etilgandan beri telekommunikatsiya, axborot texnologiyalari va moliyaviy xizmat bozorini kengaytirish bo‘yicha muvaffaqiyatli muzokaralar uchun maydon bo‘lib xizmat qilgan. Tashkilot doirasida 200 dan ziyod savdo nizosi hal etilgan.

Mamlakat a’zolik orqali hakor davlatlar o‘rtasida kamsitilmaydigan, adolatli savdo tizimini yuritish, tariflarni eng yuqori darajada himoya qilish va import kvotalarini bekor qilish, raqobatbardoshlikni kuchaytirish uchun tovarlarni arzon narxda import qilish kabi muhim afzalliklarga ega bo‘ladi.

Dunyo mamlakatlarining JSTga a’zo bo‘lishida muhim vositachi hisoblangan Xalqaro savdo markazi rivojlanayotgan mamlakatlarda kichik va o‘rta korxonalar raqobatbardoshligini oshirish, savdo-iqtisodiy, investitsion munosabatni rivojlantirish maqsadida xalqaro bozorga integratsiyani kuchaytirishga ko‘maklashadi.

Yevropa Ittifoqi tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan, 2020 yil fevralda ilgari surilgan “O‘zbekistonning JSTga kirishiga ko‘maklashish” bo‘yicha ishlab chiqilgan besh yillik loyihada milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish bo‘yicha rivojlanish rejasini bajarishga jiddiy e’tibor berilgan. Mazkur tashabbusdan ko‘zlangan asosiy maqsad JST qoidalariga mos savdo muhiti yaratish orqali iqtisodiyot rivojiga ko‘maklashish, xalqaro savdo tizimiga integratsiyalashuvni kuchaytirishdan iborat.

– O‘tgan yil qaysi davlatlar bilan muzokara olib borildi?

– 2024 yil 15 davlat bilan ikki tomonlama muzokara muvaffaqiyatli yakunlandi. JSTga a’zo mamlakatlar bilan imzolangan bitimlar 22 taga yetkazildi. Xususan, AQSH, Xitoy, Filippin, Tailand, Pokiston, Argentina, Braziliya, Shri-Lanka kabi iqtisodiy jihatdan muhim hamkorlar bilan uzil-kesil kelishuvga erishildi. Hozir ushbu muhokamalar asosida tayyorlanayotgan, joriy yil nihoyasiga yetkazish rejalashtirilgan zta muhim bosqich – Ishchi guruh hisoboti loyihasi tayyorlanyapti.

A’zolikka tayyorgarlik doirasida JST standartiga mos 30 dan ziyod me’yoriy-huquqiy hujjat, jumladan 9 yangi qonun, 6 Prezident farmoni va 12 Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi. Shuningdek, ikki marta Ishchi guruh yig‘ilishi, qishloq xo‘jaligi bo‘yicha ikki bor norasmiy maslahatlashuv, Jahon banki, Xalqaro valyuta jamg‘armasi va JST ko‘magida Toshkentda va Vashingtonda xalqaro tadbirlar tashkil etildi.

– JSTga qo‘shilish jarayonida O‘zbekiston qanday xalqaro darajadagi bitimlarda belgilangan majburiyatlarni zimmasiga olishi kerak?

– JST bitimlari keng qamrovli va murakkab bo‘lib, keng doirada jahon savdosiga doir masalalarni qamrab oluvchi yuridik hujjatlarga tayanadi. Mazkur kelishuvlar a’zo mamlakatlar tashqi savdo salohiyatini oshirishga qaratilgan diskriminatsiyaga yo‘l qo‘ymaslik, savdo to‘siqlarini bartaraf etish, raqobatbardoshlikni oshirish, yetarli darajada rivojlanmagan davlatlar uchun qulay shart-sharoit yaratish, savdoni tarif usullari bilan tartibga solish, savdo siyosati halolligini ta’minlash kabi muhim tamoyillarga asoslanadi. Shu orqali hamkorlar o‘rtasida tashqi savdo munosabatini rivojlantirish bilan bog‘liq to‘siqlarni bartaraf etish, mahsulotlarning erkin harakatini ta’minlash, yangi bozorlarga kirib borib, raqobat muhitini shakllantirish, rivojlanmagan, o‘tish davri iqtisodiyoti sharoitidagi mamlakatlarga har jihatdan qulaylik berishga erishiladi.

Ma’lumki, O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishidagi dastlabki ustuvor vazifa mahalliy mahsulotlarni import qilingan hamda tarif yoki notarif to‘siq qo‘yilmagan tovarlarga nisbatan raqobatbardoshligini oshirishdir. Ishlab chiqarish va savdo raqobatining holati mahalliy tadbirkorlarni jarayonga zamonaviy texnologiya va innovatsion yondashuvlarni qo‘llagan holda yanada rivojlanishga undaydi.

Amaldagi hamkorlarimizning aksari JSTga a’zo. 2023 yil yakunida mamlakatimiz jami tashqi savdo aylanmasining yarmidan ko‘pi, ya’ni 58,2 foizi aynan JST tarkibidagi davlatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan: Xitoy 21.9, Rossiya 15.8, Qozog‘iston 7, Turkiya 5, Koreya Respublikasi 3.7, Germaniya 1.7, Fransiya 1.6 va Qirg‘iziston 1,5 foiz.

Bir so‘z bilan aytganda, yurtimizning JSTga qabul qilinishi a’zo mamlakatlar bozoriga kirish uchun teng huquqli imkoniyat yaratadi. Ya’ni, to‘siqlarsiz o‘zaro mahsulot ayirboshlash, jarayonda zamonaviy texnologiyalarni faol qo‘llashga erishiladi. Yuqori sifatli, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish orqali eksport salohiyati oshiriladi. Dunyo miqyosidagi savdo siyosati bo‘yicha qarorlar qabul qilish jarayonida ishtirok eta olamiz. Shuningdek, eksportchilarimizning tashqi savdodagi huquqi ishonchli himoya qilinadi.

O‘zA muxbiri 

Go‘zal Sattorova suhbatlashdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jasur Otaniyozov: O‘zbekiston 2026 yilgacha JSTga a’zo bo‘lishni maqsad qilgan