Jasur Kenjayev: "Vatanga xizmat–oliy saodat!" (+video)
Tinchlikdek bebaho ne’matni saqlamoq, avaylamoq shu zaminda yashayotgan har bir fuqaroning muqaddas burchidir. Musaffo osmonimiz, fuqarolarning farovon umr kechirishi yurtimizdagi tinchlik tufaylidir.
Vatan himoyachisi bo‘lgan yigitlarimiz Vatan himoyasi xayot-mamot masalasi ekanini, ularning turish-turmushi, el-yurt taqdiri shu nuqtada tutashishini anglab yetganlar. Ular avvalo o‘z ota-onalarini, aka-ukalarini, opa-singillarini himoya qiladilar. O‘zlari tug‘ilgan shahar, qishloqlarni, qavmu-qarindoshlari, bir so‘z bilan aytganda Ona-Vatanni qo‘riqlamoqdalar.
"Sharaf" loyihasining bu galgi qahramoni O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti Maxsus-kasbiy fanlar kafedrasi dotsenti — Kenjayev Jasur Omon o‘g‘li.
Faoliyati davomida “A’lo xizmatlari uchun”, “Benuqson xizmatlari uchun” hamda “Tezkor xizmatning a’lochisi” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlangan. Oilali, 2 nafar farzandning mehribon otasi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/_sbbVWcBUxk?si=pouJH2WA1I4Kx9gr" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA