9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Toshkent viloyati hududlarida ham “Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yo‘lidagi qahramonlik unutilmaydi” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Xususan, viloyat hokimi Zoyir Mirzayev Oqqo‘rg‘on va Yuqori Chirchiq tumanidagi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining xonadoniga borib, faxriylarga Prezidentimizning yo‘llagan tabrigini tantanavor tarzda o‘qib eshittirdi. Shuningdek, 10 ming AQSH dollari miqdordagi pul mukofoti hamda “Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligi” esdalik yubiley medalini topshirdi.

Bir piyola choy ustida suhbat qurilib, Madaniyat bo‘limi xonanda va sozandalari tomonidan Vatan madhini tarannum etuvchi chiqishlar taqdim etildi.

Oqqo‘rg‘onlik Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Fayzulla ota Nurmatov yil 105 yoshga to‘ldi. Hozirda 7 farzandi, 24 nafar nevara va 40 nafardan ortiq chevara davrasida ushbu kunlarga shukrona aytib yashamoqda.

[gallery-23264]

O‘sha yillar otaxon maktabda ta’lim olish bilan birga, o‘qituvchi tanqisligidan kichik sinflarga dars bergan. 1939 yili harbiy xizmatga chaqirilgan va urushga safarbar qilingan. Polsha ozodligi uchun bo‘lgan janglarda asirga tushgan, u yerdan ozod bo‘lgach partizanlar safida jang qilishni davom ettirdi.  

Asli Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida tug‘ilgan Fayzulla otaning taqdiri keyinchalik Oqqo‘rg‘on bilan bog‘liq bo‘ldi. 1945 yilning yozida Vatanga qaytgan qahramon askar oilasining asosiy yukini yelkaga olib, ukasi va ikki nafar singlisini qaramog‘iga oldi. 1950 yil boshlangan ko‘chma harakatlar sabab g‘allaorollik 20 dan ortiq oila Oqqo‘rg‘onga kelganlar orasida F.Nurmatov oilasi ham bor edi. Shundan so‘ng u kolxozda  mehnat qildi.

Uchrashuvda Fayzulla ota yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligini tilab duo qildi. Bayram munosabati bilan to‘kin dasturxon yozildi. Namoyish etilgan konsert dasturi barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

A. Musayev, O‘zA.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jasorat unutilmaydi