Jasorat: Rajabov Chori Mengliyevich (+video)
9-may Xotira va qadrlash kuni
Katta leytenant Chori Rajabov 1966-yil 20-iyun kuni Surxondaryo viloyati Muzrobod tumani Boldir qishlog‘ida tug‘ilgan.
1973-1983-yillar Surxondaryo viloyati Muzrobod tumanidagi G‘afur G‘ulom nomli 18-umumta’lim maktabida o‘qigan. 1984-yil Vengriyaning Budapesht shahrida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan.
1992-yil oila qurgan, ikki nafar farzandli bo‘lgan (Feruza va Nargiza ismli qizlari). 1989-1993-yillarda Toshkent davlat san’at institutida tahsil olgan bo‘lsa-da, ofitser bo‘lish orzusi tufayli 1996-yil 30 yoshida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida shartnoma asosida harbiy xizmatni o‘tay boshlagan.
2000-yil 16-sentabr kuni maxsus guruh tarkibida navbatdagi razvedka qidiruv tadbirlarini bajarish vaqtda qahramonlarcha halok bo‘lgan.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/HB5Y4Bff8FQ" title="Jasorat: Rajabov Chori Menglievich " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>