FOTOREPORTAJ
Namangan viloyatining barcha tuman va shaharlari hududida “Jasorat maktablari”ga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur bosqich doirasida umumta’lim maktablarining 4-sinfini tamomlagan 1765 nafar o‘quvchining jismoniy tayyorgarlik darajasi besh xil shart asosida sinovdan o‘tkazilmoqda.
[gallery-24388]
Ushbu jarayon yosh avlodning jismoniy salohiyati va irodaviy tayyorgarligini baholashda muhim mezon bo‘lib xizmat qilishi bilan ahamiyatli.
Ta’kidlash joiz, viloyatda jami 14 ta “Jasorat maktabi” tashkil etilgan bo‘lib, ular uchun 364 ta kvota o‘rni ajratilgan. Har bir sinfda 26 nafardan o‘quvchi tahsil olishi belgilangan. Tanlov asosida qabul qilinayotgan o‘quvchilar maxsus dastur asosida bilim va ko‘nikmalarni egallaydi.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA