“Jasorat maktabi” loyihasi samarali bo‘ldi
Uyushmagan hamda IIB profilaktik hisobida turuvchi Qashqadaryo viloyatining barcha hududlaridan kelgan 100 nafar ishtirokchi yoshlar “Jasorat maktabi” loyihasi doirasida joriy yilning 10-19 mart kunlari Muborak tumanida joylashgan harbiy qismda bo‘ldi.
Loyiha davomida ishtirokchilar milliy kurash, voleybol, mini-futbol, harbiy estafeta, arqon tortish hamda “Zakovat” musobaqalarida o‘zaro kuch sinashdi.
“Jasorat maktabi” loyihasi davomida viloyat hokimi hamda sektor rahbarlari ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ishtirok etgan viloyat hokimi Murotjon Azimov yoshlarning muammo va takliflarini tingladi. O‘z tavsiyalarini berdi.
[gallery-11140]
Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob olib, vatan ravnaqi yo‘lida tuzgan rejalari, takliflarini aytdi. Shundan so‘ng loyihaning yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘in davomida 100 nafar yoshlar ishtirok etdi, o‘tkazilgan musobaqalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yoshlar tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi. Yopilish marosimi konsert dasturi bilan yakunlandi.
O‘lmas Barotov,
Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA