Qozog‘iston Respublikasi poytaxtida Ostona xalqaro forumi (AIF - 2025) bo‘lib o‘tmoqda.

“AIF-2025” mintaqadagi eng yirik tadbirlardan biri bo‘lib, unda 600 ga yaqin xorijiy mehmonlar, jumladan, yetakchi siyosatchilar, xalqaro tashkilotlar, korporatsiyalar, sarmoyadorlar va ilmiy jamoatchilik vakillari ishtirok etmoqda. 

“AIF-2025”da tashqi siyosat va xalqaro xavfsizlik, energiya va iqlim o‘zgarishi hamda iqtisodiyot va moliya kabi global masalalar muhokama markazida. 

Tadbir doirasida O‘zA muxbiri Qozog‘iston Respublikasi raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vaziri Jaslan Madiyev bilan suhbatlashdi: 

– Forumdan avvalo, iqtisodiyotimizni rivojlantirish bo‘yicha yangi g‘oyalarni kutyapmiz. Bu g‘oyalar orqali iqtisodiyotimizni yanada rivojlantiramiz. Muhimi, bu orqali global iqtisodiyotga hissa qo‘shamiz. 

Bugungi kunda amalga oshirilgan islohotlar – iqtisodiy, siyosiy va texnologik islohotlar orqali raqamli sanoatda shakllangan yutuqlarimizni butun dunyoga namoyon qilishni istaymiz.

– O‘zbekiston bilan hamkorlik aloqalaringiz qanday rivojlanmoqda? 

– O‘zbekiston bilan hamkorligimiz juda yaxshi rivojlanmoqda. Kremniy vodiysida qo‘shma IT-parklarimiz mavjud, yaqinda Dubayda ham qo‘shma IT-park tashkil qilish haqida e’lon qildik. Biz turli xalqaro forumlar va ko‘rgazmalarda ishtirok etib, startaplarimiz, texnologik kompaniyalarimizni birgalikda namoyish etib kelyapmiz. 

Biz doimiy ravishda tajriba almashayotganimiz natijasida venchur fondlar tashkil qilyapmiz, birgalikda iqtisodiyotlarga sarmoya kirityapmiz. 

Yaqinda O‘zbekistonda bo‘lib, hamkasblarimiz bilan transchegaraviy telekommunikatsiya xizmatlarini yanada takomillashtirish, O‘zbekiston va Qozog‘iston IT kompaniyalari xizmatlarini jahon bozoriga olib chiqish, xizmatlar eksportini oshirish va ikki mamlakat texnoparklari o‘rtasida samarali hamkorlikni yanada kengaytirishni muhokama qildik va muhim kelishuvlarga erishdik. 

Norgul Abduraimova, O‘zA 

Toshkent – Ostona

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jaslan Madiyev: O‘zbekiston bilan hamkorlik aloqalarimiz rivoji natijasida iqtisodiyotlarga sarmoya kirityapmiz