Bugungi kunda davlat yo‘llarda ko‘ngilsiz hodisalar sonini kamaytirishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlarni amalga oshiryapti. Shulardan biri – yo‘l harakati qoidalarini buzganlarga nisbatan jarima tizimini qo‘llashdir. Butun dunyoda bundan ko‘zlangan asosiy maqsad – haydovchi va piyodalarni yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini bajarishga undash va ularni noqonuniy hatti-harakatlar amalga oshirishdan tiyishdir.

Bir qator mamlakatlar amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, jarima qoidabuzarlar uchun psixologik va moliyaviy to‘siq bo‘lishi mumkin.

Tadqiqotlarga ko‘ra, Shveysariyaning beshta yirik shahrida tezlikni cheklash va to‘xtash qoidalarini buzganlik uchun jarima miqdorini oshirish samarali chora bo‘lib chiqdi. Avtoturargohda to‘xtash va tezlikni cheklash qoidalarini buzish holatlari mos ravishda 32 va 17 foizga kamaydi.

O‘zbekistonda ham yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, shahar va qishloqlarda yangi yo‘llar va ko‘priklar qurildi, ta’mirtalab bo‘lgan ko‘plab yo‘llar rekonstruksiya qilindi. 2023 yilning 9 oyi ichida tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joylarida qariyb 9,2 ming yotiq chiziqlar chizilgan, 417 ta svetofor ob’ektlari hamda piyodalar uchun 210 ta svetofor o‘rnatilgan. 

Shunga qaramasdan, yo‘l harakati qoidalarini buzish holatlari ortib bormoqda.

Masalan, 2023 yilning 9 oyi ichida yo‘l-transport hodisalari soni o‘tgan yilga nisbatan 2,4 foizga oshgan. Eng achinarlisi, ko‘p hollarda baxtsiz hodisa natijasida fuqarolarimiz tan jarohati olib, o‘lim holatlari ham kuzatilyapti

Shu bilan birga, jarimalarning asosiy vazifasi YHQ buzilishini oldini olish ekanligini inobatga olgan holda ba’zi ijtimoiy xavfliligi darajasi kam bo‘lgan qoidabuzarliklarni yengillashtirish amaliyoti olib borilmoqda.

Jumladan, Prezident tomonidan imzolangan 30.11.2021 yildagi O‘RQ-734-son O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga binoan YTQ buzganlik uchun bir qator jarimalar liberallashtirildi.

Xususan: 

a) avtomobil egalari tomonidan sug‘urta polisini olmaganligi yoki muddati o‘tgan sug‘urta polisi bilan avtomobilni haydash uchun;

b) sug‘urta polisida ko‘zda tutilmagan shaxs tomonidan avtomobilni boshqarish holatlari uchun jarima miqdori 1 BHMdan yarim BHMga tushirildi (50%ga kamaydi);

v) telefondan quloqchinlar orqali va qo‘llarni ishlatmasdan turib so‘zlashuvlar olib borish imkoniyatini beradigan boshqa uskunalar orqali foydalanilganda jarima to‘lanmaydigan bo‘ldi.

Shu bilan birgalikda, hozirgi kunda mamlakatimizda jarimalarni o‘z vaqtida to‘lagan fuqarolar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratildi.

Jumladan, 

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 23.03.2023 yildagi “Aholiga ma’muriy jarimalarni to‘lashda qo‘shimcha qulayliklar yaratish hamda sohada korrupsion omillarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, 2023 yil 1 maydan boshlab ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha qo‘llanilgan jarimani ixtiyoriy to‘lash tizimi soddalashtirildi.

Jumladan:

– huquqbuzar unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 15 kun ichida jarimani to‘lasa, u 50 foizga kamaytiriladi (jarimaning 50 foizi chegirma qilinadi), 30 kun ichida to‘lasa – jarima miqdorining 70 foizini to‘laydi (jarimaning 30 foizi chegirma qilinadi).

– mazkur tartib sud qarorlariga asosan qo‘llaniladigan jarimalarga nisbatan ham tatbiq etiladi.

Bungacha huquqbuzar jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 15 kun ichida jarimaning 70 foizini ixtiyoriy ravishda to‘lagan taqdirda jarimaning qolgan summasidan ozod qilinardi.

Ta’kidlab o‘tish joizki, o‘zgarishlar jarimalar yukini kamaytirish va ularni ixtiyoriy to‘lash tizimini soddalashtirish, shuningdek, sud hujjatlarining o‘z vaqtida ijro etilishini ta’minlashga ham xizmat qiladi.

Yo‘l harakati qoidalari – bu yo‘l qonunlari. Ularning buzilishi fojiali oqibatlarga olib keladi. Natijada har yili mamlakat yo‘llarida minglab odamlar, jumladan, bolalar halok bo‘ladi.

O‘rnatilgan qoidalarga rioya qilmagan yo‘l harakati qatnashchilariga nisbatan jazo choralari qo‘llanishi muqarrar. Shu bilan birga, jazodan maqsad birinchi navbatda tarbiya. Ya’ni qonun-qoidani buzgan inson to‘g‘ri hulosaga kelib, bunday hatti-harakatlardan tiyilishi kerak.

Qo‘shimchasiga, agarda fuqaro jarimani o‘z vaqtida to‘lasa, u jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod qilinadi. O‘z navbatida, bu korrupsiyaning oldini oladi, shuningdek, jarimalarni o‘z vaqtida to‘lagan fuqarolarni rag‘batlantiradi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jarimalardan maqsad nima - aholiga foydami yoki ziyon?