JARda harorat rekord darajada tushib ketdi
O‘tgan kuni Janubiy Afrika Respublikasining turli shaharlarida harorat rekord darajada tushib ketdi, deb xabar tarqatdi mahalliy meteoxizmati.
Xabarda keltirilishicha, turli shaharlarda 19 ta yangi rekord qayd etilgan. Masalan, Yoxannesburgda harorat minus yetti darajagacha tushgan, avvalgi, ya’ni 1995 yil 19 iyuldagi rekord — minus 6,3 daraja edi. Kimberli shahrida harorat minus 9,9 darajagacha tushib ketgan.
Mamlakatning ayrim qismlarida qor yog‘di, deyiladi xabarda.