“Jar”da Oʻzbekiston chempionlari aniqlanadi
Bugun poytaxtimizdagi “Jar” sport-sogʻlomlashtirish majmuasida kikboks boʻyicha bolalar va oʻsmirlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionatiga start berildi.
Bugun poytaxtimizdagi “Jar” sport-sogʻlomlashtirish majmuasida kikboks boʻyicha bolalar va oʻsmirlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionatiga start berildi.
Musobaqada mamlakatimizning barcha viloyatlari, Toshkent shahri va Qoraqalpogʻiston Respublikasidan toʻplangan 7 yoshdan 16 yoshgacha boʻlgan qariyb 1 100 nafar oʻgʻil-qiz gʻoliblik uchun ringga koʻtariladi. Bahslar har bir yoshdagi ishtirokchilar oʻrtasida jami 60ta vazn toifasida tashkil etildi.
Bugun musobaqaning ochilish marosimi oʻtkazildi.
Bu yilgi musobaqada ishtirokchilar soni har qachongidan koʻp boʻldi. Bu esa yurtimizda kikboks sport turiga boʻlgan qiziqish tobora ortib borayotganidan darak beradi. Uch kun davom etadigan musobaqalarda oʻzini ijobiy tomondan koʻrsatgan umidli yoshlar esa kelgusida mamlakatimiz oʻsmirlar va yoshlar terma jamoalariga jalb etiladi. bu sportchilarimiz xalqaro arenalarda ham oʻz soʻzlarini aytishiga ishonaman, dedi Oʻzbekiston kikboks assotsiatsiyasi rahbari Oybek Normatov.
Shuni taʼkidlash joiz, bu yilgi musobaqalar dunyoga mashhur Ludus kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Yangi texnologiya kikboksda sportchilarning zarbasi qanchalik kuchli va tez bajarilayotganini aniqlab beradi. Uning yordamida sportchilar oʻz mahoratini yanada oshirib borishlari mumkin.
Musobaqa gʻoliblari 3 mart kuni aniqlanadi.