Turli tillarni bilish global mehnat bozorida qimmatli kadr bo‘lish imkoniyatini ham kengaytiradi. Shuningdek, bu ko‘nikma shaxsiy rivojlanishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turli chegara va to‘siqlarni bartaraf etadi. Shaxsning raqobatbardoshlik darajasini oshiradi.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bir nechta tilda so‘zlashadigan odamlar faqat bitta tilda gapiradigan odamlarga qaraganda yaxshiroq xotira, muammolarni hal qilish, diqqatni jamlash va kreativlik qobiliyatlariga ega bo‘ladi.  

Bizning navbatdagi qahramonlarimiz Janubiy Koreyadan O‘zbekistonga o‘zbek tilini o‘rganish uchun tashrif buyurishgan. Ayni damda koreyalik Aziz bilan Aziza Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti qoshidagi xorijliklarga o‘zbek tilini o‘rgatish tayyorlov kursi “Uzbek school” o‘quvchilaridir. O‘zbek tilini o‘rganishni boshlashganiga yarim yildan oshgan. Ushbu muddat davomida allaqachon o‘zbek tilida deyarli bexato gapirishga va o‘z fikrlarini mustaqil tushuntira olishga erishishgan.

Istalgan xorijiy tilini o‘rganish turli madaniyatlarga yo‘l ochib beradi. Eng asosiysi maqsad sari dadil qadam bosish va arzimagan bahonalar bilan tilni o‘zlashtirishni to‘htatib qo‘ymaslik.  

Qahramonlarimizning "o‘zbek tili"da o‘zbeklar haqidagi fikrlari har qanday vatandoshimizda faxr va g‘urur tuyg‘ularini uyg‘otgan bo‘lsa ne ajab.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/KeDPE0hEEBk?si=h6eF8RyFp4V86GUr" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

M.Turdaliyeva, B.Xalilov, A. Ahmedov,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Janubiy koreyalik Aziz va Aziza: "O‘zbeklar koreyslardan ham ko‘proq samimiy" (+video)