Inson taomni tanlab yegani kabi ijtimoiy tarmoq orqali nima “iste’mol qilayotgani” va boshqalarga qanday ma’lumot uzatayotganiga ham e’tiborli bo‘lishi lozim, fikrimizcha. Zero o‘zimizga olganimiz va boshqalarga berganimiz – hammasi hisob-kitobli.

Janubiy Koreya qonunchilari shu hafta shahvoniy mazmundagi soxta tasvir va video lavhani saqlash yoki tomosha qilish uchun jinoiy javobgarlikka tortuvchi qonun loyihasini qabul qildi. Bunga 2024 yil 30 avgust kuni poytaxt Seulda jinsiy zo‘ravonlikka qarshi norozilik namoyishi o‘tkazilgani turtki bo‘ldi.

O‘shanda ko‘zlarini niqob bilan bekitib olgan faollar “Muntazam takrorlanayotgan jinsiy xususiyatga ega jinoyatlarga davlat ham sherik” yozuvli plakatlar bilan chiqish qilgan. Shu tariqa ular ijtimoiy tarmoq orqali shahvoniy maqsadda, behayo talqinda yaratilgan va keng tarqatilgan guruh chatlari ustidan keskin norozilik bildirgan. Jamoatchilikni bunday harakatlarga qarshi jazoni kuchaytirishga chaqirgan.

Tegishli qonunda shunday materialni sotib olgan, saqlagan yoki tomosha qilgan kishi uch yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi yoki 22 600 dollargacha jarimaga tortilishi mumkinligi qayd etilgan.

Jinsiy zo‘ravonlikning oldini olish va ayni xuruj qurbonlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunga ko‘ra esa behayo manbalarni tarqatish niyatida shahvoniy mazmundagi rasm va video lavha yaratganlar besh yil qamoq yoki 37 900 dollar miqdorida jarima bilan jazolanadi.

Yangi qonun kuchga kirgach, bunday jinoyatlar uchun jazo muddati aniqlangan niyatdan qat’i nazar, yetti yilgacha oshirilishi kutilmoqda. Endi hujjat kuchga kirishi uchun Prezident Yun Sok Yolning roziligi shart.

“Yonxap” axborot agentligiga Koreya Respublikasi politsiyasi joriy yil 800 dan ortiq jinsiy jinoyat ishi bilan shug‘ullangan. Bu ko‘rsatkich 2021 yil, ilk bor o‘rganilganda 156 ga teng edi. Achinarlisi, qurbonlar va jinoyatchilarning aksariyati o‘smirlar.

AQSH Kongressi ham yuqoridagi kabi holatga oid bir necha qonun hujjatini muhokama qilmoqda. Jumladan, konsensual bo‘lmagan shahvoniy falaj qurboniga sudga da’vo qilish imkoni berilishi va bunday tasvir nashr etilishi jinoiy harakat, deb hisoblanishi ko‘rib chiqilyapti.

Joriy yil boshida “X” media platformasi ijtimoiy tarmoqda pop qo‘shiqchi Teylor Sviftning soxta shahvoniy tasviri ko‘payib ketgach, foydalanuvchilarga uning suratini qidirishni cheklab qo‘ydi.

Xo‘sh, bizning qonunchiligimiz ijtimoiy tarmoqdagi jinsiy zo‘ravonlikni qanday baholaydi?

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 189-moddasida shunday yozilgan:

Pornografik mahsulotni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish maqsadida tayyorlash yoki O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, pornografik mahsulotni reklama qilish, namoyish etish, tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida reklama qilish, namoyish etish, tarqatish – pornografik mahsulotni, jumladan uni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish va namoyish etish vositalarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik barobaridan to‘rt yuz barobarigacha, mansabdor shaxslarga esa – yuz barobaridan to‘rt yuz ellik barobarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 130 moddasida esa Pornografik mahsulotni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish maqsadida tayyorlash yoki O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, xuddi shuningdek uni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llangandan keyin sodir etilgan bo‘lsa, eng kam oylik ish haqining to‘rt yuz barobaridan olti yuz barobarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq bilan jazolanishi belgilab qo‘yilgan.

Musulmon Ziyo, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Janubiy Koreya: Qoch, kuyasan! Yoxud hayosiz trollar qamaladi