Janubiy Koreya Prezidenti qamalmaydimi?
Janubiy Koreya sudi Prezident Yun Sok Yolni hibsdan ozod qildi. Bu haqda “Yonhap” axborot agentligi xabar berdi.
Fevral oyida davlat rahbarining tarafdorlari Seul markaziy okrug sudiga shikoyat bilan murojaat qilgan edi. Natijada sud qo‘lga olish amaliyotini noqonuniy, deb topgan.
Advokat Sok Don Xyon tushuntirishicha, prokurorlarning apellyatsiya berish imkonidan foydalanish muddati tugamaguncha, Prezident qo‘yib yuborilmaydi.
– Sudning qamoqqa olish tartibini bekor qilish haqidagi qaroriga qaramay, mahbus darhol ozod etilmaydi, – deydi Sok Don Xyon. – Markaziy tuman prokuraturasi yetti kun ichida apellyatsiya berishi mumkin. Qachonki, shunday shikoyat rad etilsa yoki tegishli huquqdan vaqtida foydalanmasa, siyosatchi ozodlikka chiqariladi.
15 yanvar kuni Oliy darajadagi amaldorlar uchun korrupsiyaga
qarshi tergov boshqarmasi Prezident Yun Sok Yolni harbiy holat joriy qilish orqali konstitutsiyaviy tuzumga qarshi isyon ko‘tarishda ayblab, poytaxtdagi qarorgohida hibsga olgan. Seul g‘arbiy okrug sudi esa davlat rahbarini ushlash to‘g‘risidagi qarorni 19 yanvar kuni chiqargan.
M.Pirmatova, O‘zA