O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchisi Alisher Abdusalomov istiqboldagi hamkorlik masalalari va mamlakatimiz hayotidagi muhim voqealarni muhokama qilish maqsadida “The Korea Times” gazetasi prezidenti O Yon Chjin bilan uchrashdi.
Unda gazeta O‘zbekistondagi siyosiy-huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni muntazam yoritib borishi qayd etildi. O Yon Chjin elchixona bilan olib borilayotgan ko‘p yillik hamkorlik O‘zbekiston, o‘zbek xalqi va madaniyatiga bo‘lgan yuksak hurmatni shakllantirishga xizmat qilganini qayd etdi.
“The Korea Times” prezidenti shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan faol tashqi siyosat va tub islohotlar haqida to‘xtalib o‘tdi.
Tomonlar hamkorlikni yanada faollashtirish hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Xalq deputatlari kengashiga bo‘lib o‘tadigan saylovlarni keng yoritish bo‘yicha kelishuvga erishdi. O Yon Chjin gazeta O‘zbekistondagi islohotlarning mazmun-mohiyatini aks ettiruvchi materiallar nashr etib borishini ta’kidladi.
Aziza Alimova tayyorladi, O‘zA