Janubiy Afrikaning Sharqiy Keyp muzofotida yomg‘ir va qor bo‘roni oqibatida halok bo‘lganlar soni 57 kishiga yetdi.

Mahalliy ommaviy axborot vositalari xabar berishicha, kuchli yomg‘ir uch kundan beri davom etyapti.

Mintaqada qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda. Rasmiylar qurbonlar soni ortishidan xavotirda.

Mtata shahri yaqinida maktab avtobusi toshqin ta’sirida halokatga uchrab, o‘nga yaqin o‘quvchi halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan.

Prezident Kiril Ramafosa jabrlangan hududga yetib keldi.

Kuchli yomg‘ir, bo‘ronli shamol va qor yog‘ishda davom etyapti. Meteorologiya xizmati ehtimoliy tahdiddan ogohlantirdi, biroq mutaxassislar ta’kidlaganidek, zarur xavfsizlik choralari ko‘rilmagan.

Kuchli yog‘ingarchilik va shamol tufayli uylar va infratuzilmaga zarar yetdi. Sharqiy Keypdan yuzlab odam evakuatsiya qilinib, xavfsiz hududlarga joylashtirildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Janubiy Afrikada 57 kishi tabiiy ofat qurboniga aylandi