Janubda o‘qituvchi va murabbiylar kuni keng nishonlanmoqda
Termiz shahridagi muhtasham San’at saroyida 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda Surxondaryo viloyati talim muassasalari mutasaddilari, eng ilg‘or o‘qituvchilar, tizimda samarali mehnat qilayotgan faxriy ustoz-murabbiylar ishtirok etdi.
Tantanali marosimda viloyat hokimi To‘ra Bobolov o‘qituvchi-murabbiylarni bayram bilan samimiy tabriklab, Prezidentimizning O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi.
Tadbirda keyingi yillarda sohada yuz bergan o‘zgarish va yangilanishlar atroflicha tahlil qilindi.2021-2022 o‘quv yilidan viloyatda 15 chet tili, 5 matematika, uchta kimyo va biologiya,oltita informatika va axborot texnologiyalari fanlariga ixtisoslashgan maktablar faoliyati yo‘lga qo‘yilib, fanlarni chuqur o‘rgatishga ixtisoslashgan maktab va maktab-internatlar soni 50 taga yetdi.
Joriy yilda Investitsiya dasturiga asosan uchta yangi maktab qurildi. 29maktab kapital rekonstruksiya qilindi.Ikkita maktab kapital ta’mirlanib, 163 milliard so‘mlik mablag‘ sarflandi. “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlariga muvofiq 29 mayetabda 79 milliard so‘mlikdan ortiq qurilish-ta’mirlash ishlari bajarildi.
Termiz shahrida Respublika byudjeti mablag‘lari hisobidan 40 milliard mablag‘ evaziga 168 o‘rinli Prezident maktabi barpo etildi.
Ayni paytda 901 ta maktab to‘liq zamonaviy kompyuter bilan ta’minlangan. Yuz foiz yoki 931 ta maktabning barchasi optiktolalialoqaliniyalaribilanta’minlangan.
Viloyatda keyingi to‘rt yilda maktabgacha ta’lim muassasalari soni 294 tadan 1 ming 648 taga yokiqariyb 6 barobarga ortdi. Bolalarni qamrab olish 29 ming 254 nafardan 113 ming 878 nafarga yetdi.
Vohadagi 28 ta kasb-hunar maktabi, vazirlik va idoralar tizimidagi 12 ta kollej va 17 ta texnikumda 1 ming316nafaro‘qituvchivaishlabchiqarishta’limiustasi 14 ming 528 nafar o‘quvchiga 107 ta kasb va mutaxassislik sirlarini chuqur o‘rgatmoqda.
Viloyatda bundan 4 yililgari bitta oliy ta’lim muassasasi bo‘lib, unda 6 ming 500 talaba o‘qigan bo‘lsa,joriy yilda vohadagi oltita oliy talim muassasasida 37 ming talaba o‘zlari tanlagan mutaxassislik sirlarini chuqur o‘rganmoqda.
Tantanali marosimda bir guruh fidoyi ustoz va murabbiylarga davlatimizning yuksak mukofotlari, viloyat hokimining faxriy yorliq va sovg‘alari topshirildi. Qiziqarli konsert dasturi namoyish etildi.
Tadbir doirasida o‘quvchilarning ilm-fan,madaniyat,sanat,sport va boshqa sohalarda erishayotgan yutuqlari ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Xolmo‘min MAMATRAYIMOV, O‘zA